Ronaldu maydonga uloqtirgan sardorlik bog'ichi aukcionga qo'yiladi va tushgan mablag' xayriyaga sarflanadi
30 mar 2021 19:28
Yangiliklar
Ronaldu maydonga uloqtirgan sardorlik bog'ichi aukcionga qo'yiladi va tushgan mablag' xayriyaga sarflanadi
Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Serbiya – Portugaliya bahsining (2:2) hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida Krishtianu Ronaldu hisobga olinmagan goli tufayli hissiyotga berilib, sardorlik bog'ichini uloqtirgan va o'yin tugashini kutmay, maydonni tark etgandi.
Manbaga ko'ra, Belgraddagi stadion xodimi xayriya tashkilotiga Ronalduning maydonda qoldirgan sardorlik bog'ichini hadya qilgan. Endi u Serbiyada aukcionga qo'yiladi va tushgan pul umurtqa mushagi atrofiyasiga uchragan 6 oylik bolaning operaciyasi uchun sarflanadi. Onlayn-savdo 2-3 kun davom etishi aytilmoqda.
Fikrlar