Ronaldu Madriddagi uyini ijaraga qo'ydi
18 apr 2023 12:10
Yangiliklar


Ronaldu Madriddagi uyini ijaraga qo'ydi
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madriddagi 5 million funtlik uyini ijaraga bermoqchi.
Dang'illama hovlida ettita yotoqxona, to'qqizta hammom, yopiq va ochiq basseynlar, zamonaviy sport zali mavjud. Tashqarisida katta futbol maydoni mavjud.
Bundan tashqari, uyda Ronalduning ismi bosh harflari – CR7 o'yib yozilgan eshik tutqichlari bor. Krishtianu ijara uchun oyiga 8800 funt sterling olishni kutmoqda.
Ronalduning hamrohi Jorjina Rodrigesning aytishicha, u uy juda katta bo'lgani uchun tez-tez adashib qolgan.
O’xshash yangiliklar
08:20
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Husniddin Aliqulovning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 4

Fikrlar