Ronaldu Lissabondagi Rivera hududidan 8 million evroga er sotib oldi
20 may 2020 13:00
Yangiliklar


Ronaldu Lissabondagi Rivera hududidan 8 million evroga er sotib oldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabondagi Rivera hududidan er xarid qildi.
35 yoshli portugaliyalik Kashkaysha, Kinta-da-Marinyadagi hududan taxminan 10 ming kvadrat metr maydonni 8 million evroga sotib oldi.
Hududda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ammo Ronaldu u erda yashashni rejalashtirmayapti - bu uning biznesi.
"Bu investiciya, uy emas, Krishtianu o'ynashni to'xtagan payti, doimiy yashash joyi haqida o'ylab ko'radi", - deydi vaziyatga yaqin insonlardan biri.
O'tgan yili portugaliyalik futbolchi Lissabon markazidagi Avenida da Liberdade hududidan eng qimmat xonadon (7,5 million evro)ni xarid qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar