Ronaldu – ketma-ket 24 yil gol urgan birinchi futbolchi!
10 jan 2025 19:00
Yangiliklar
Ronaldu – ketma-ket 24 yil gol urgan birinchi futbolchi!
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining "Al Ahdud" klubiga (3:1) qarshi o'yinning 42-daqiqasida penaltidan to'p kiritdi.
Portugaliyalik futbolchi ketma-ket 24-kalendar yilida gol urishga muvaffaq bo'ldi, bungacha futbolda hech kim bunday natijaga erishmagan.
Forvard o'zining professional darajadagi ilk golini Lissabonning "Sporting" jamoasi tarkibida 2002 yilning 7 oktyabrida Portugaliya chempionati doirasida "Moreyrense"ga qarshi o'yinda (3:0) urgan.
Ronaldu shu paytga qadar 917 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar