Ronaldu karantin qoidalarini buzdi

30 mar 2020, 00:04
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan qaltis vaziyatda Portugaliyada qolishga qaror qilgandi.

Xabar qilinishicha, forvard karantin qoidalarini buzgan. Futbolchi va uning rafiqasi Jorjina Rodriges ikki nafar farzandlari bilan sayr qilib yurgani tasvirlangan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketdi. 

Eslatib o'tamiz, Portugaliyada 18 mart kuni koronavirus tufayli favqulotda holat joriy qilingandi.

Ronalduning rafiqasi karantin qoidalarini buzdi. U Krishtianuning sog'ligiga beparvolikda ayblanmoqda

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс