So’nggi yangiliklar

19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0 19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  1 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  4 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  10 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  4 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  21 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  16 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  6 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7

Ronaldu – erkin agent. Endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Ronaldu – erkin agent. Endi nima bo'ladi?

Portugaliyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish uchun variantlarni ko'rib chiqamiz.


Krishtianu Ronaldu erkin agentga aylandi. "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilish haqidagi xabar hujumchining Pirs Morganga bergan shov-shuvli intervyusidan so'ng kutilgan edi. Klubdan ketishni xohlagan futbolchi 17 mln evro miqdoridagi kompensaciyadan voz kechdi. Xo'sh, Krishtianu – erkin agent. Portugaliyalikning JCHdan so'ng qaerda bo'lishini taxmin qilib ko'ramiz.

Qayd etish kerakki, saytimizda kecha "Eshitdik-da!" rukni orqali Ronalduning keyingi jamoasi katta ehtimol bilan Londonning "CHelsi" klubi bo'lishini xabar qilgandik.


"Sporting"


Futbolchining faoliyati oxiriga yaqinlashar ekan, birinchi bo'lib hayolga uning birinchi klubi keladi. Ronalduning "Sporting"ga ehtimoliy qaytishi borasidagi muloqotlar paydo bo'lganiga birinchi yil bo'lmadi. Krishtianu faoliyatini boshlagan joyda karerasini tugatishi mantiqiy bo'lardi. Futbolchining onasi bir necha bor u faoliyatining so'nggi qismlarida aniq "Sporting"ga qaytishini aytgan. Ammo, Portugaliya klubi yulduzli tarbiyalanuvchining qaytishi borasida aniq munosabat bildirmaydi.

"Sporting" klubi prezidenti "sherlar" u bilan shartnoma imzolashdan mamnun bo'lishini, ammo o'yinchining maoshini ko'tara olmasligini takidlaydi. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim esa Krishtianu atrofidagi gap-so'zlarni yanada ehtiyotkorona izohlaydi. Mutaxassis bunday katta darajadagi futbolchining jamoada bo'lishi uyg'unlikni buzishi mumkinligini biladi. Bundan tashqari, jamoaning qurilishi hali to'liq yakunlanmagan bo'lsa-da, uni qayta qurishga to'g'ri keladi. Umuman olganda, portugaliyalikning o'zining jonajon klubiga qaytishida muammolar etarlicha.


"CHelsi"

Ronalduni "CHelsi" bilan o'tgan yozdan beri bog'lashadi. Xabarlarga ko'ra, London klubi yangi xo'jayini Todd Boeli Krishtianuni olishni juda ham xohlaydi. Boshqaruvchi mavsumlar oralig'ida yulduzli forvard bilan shartnoma imzolashga uringan, ammo o'sha paytdagi "ko'klar" ustozi Tomas Tuxel bu transferga qarshi chiqqan. Nemis jamoasidagi atmosfera buzilmasligi uchun portugaliyalikni o'z jamoasida ko'rishni xohlamagan.  Mutaxassis bu borada Dortmundning "Borussiya" jamoasida birga ishlagan Per-Emerik Obameyangni afzal ko'rdi.



OAVga ko'ra, Boeli yana Ronaldu bilan shartnoma imzolash g'oyasida "yonmoqda", bundan tashqari u endilikda erkin agent. Ammo, "ko'klar"ning hozirgi ustozi Grem Potter ham ushbu transferga to'liq qo'shilmayapti. Mutaxassis Londonga o'z loyihasini qurish uchun Braytondan keldi. Krishtianu esa rejalarida halaqit berishi mumkin, shu sabab u bilan uzoq muddatga shartnoma imzolanmaydi. Potterning hayiqishini tushunish mumkin, ammo u Boeli bilan kelishuv tuzayotgan paytda nimaga imzo qo'yganini bilsa kerak. Portugaliyalikning "Stemford Bridj"da paydo bo'lishi katta qiziqish uyg'otadi.


PSJ

PSJning Ronaldu bilan shartnoma imzolashga qiziqayotgani borasida ko'proq malumotlar tarqalmoqda. Ko'rinishidan, Leonardo sport direktori lavozimidan ketganidan so'ng ham parijliklar francuzcha uslubda "galaktikos" yaratishni orzu qilishdan to'xtashmagan. Albatta, doim yulduz o'yinchilarini izlaydigan Liga 1 chempionlari Krishtianuning erkin agent bo'lganiga o'z munosabatini albatta bildiradi. Bundan tashqari, PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte transfer oynasi yakunlanganidan Mauro Ikardining "Galatasaroy"ga ketishi ortidan unga yangi hujumchi kerakligini aytdi.

Boshqa tomondan parijliklarning hozirgi sport direktori Luish Kampushning bu haqda nimani o'ylayotgani qiziq. Boshqaruvchi Galte bilan birga yosh o'yinchilar bilan quriladigan loyihasini yaratmoqchi. Ammo, baribir, PSJ Ronaldu bilan shartnoma imzolash imkoniyatini rad etishi va shartnoma imzolashga urinmasligi qiyin masala. Butun dunyo Krishtianu va Lionel Messining bitta jamoada bo'lishini xohlaydi – bu esa imkoniyat. Bu yigitlarning bitta jamoada yig'ish, shuningdek Kilian Mbappe va Neymar tomoshaboplik va PSJga qiziqishni misli ko'rilmagan darajada cho'qqilarga ko'taradi. Bundan maydonda nima chiqishi esa boshqa masala.


"Bavariya"

"Bavariya" boshqaruv raisi Oliver Kan oldinroq klubda Ronaldu bilan ehtimoliy shartnoma muhokama qilingani, ammo bu g'oya tezda rad etilganini tan olgandi. SHundan so'ng Germaniya chempionlari qayta-qayta Krishtianu bilan shartnoma imzolamasliklarini takidlashadi. Myunxenliklar Robert Levandovskini shartnoma oxirigacha qo'yib yubormaslikni takidlashgan, ammo baribir polyak "Barselona"da paydo bo'lgandi. SHubhasiz, portugaliyalik bilan ehtimoliy shartnoma imzolash prezident Gerbert Xayner ofisida muhokama qilinsa kerak. Bundan tashqari, u erkin agent maqomida.

"Bavariya" allaqachon mavsum davomida gollar bilan bog'liq muammolarga duch keldi. Jamoaga markaziy hujumchi etishmagan o'yinlar ham bo'ldi. Doim ham Erik SHupo-Motingga ishonch bildirish noto'g'ri bo'lishi mumkin.



U bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzolash ikki tomonni ham qoniqtiradi: Krishtianu yana top-klubda paydo bo'ladi, myunxenliklar esa o'ziga kerak bo'lgan to'purarni oladi. Ularda shu bilan birga yangi hujumchi izlash uchun vaqt bo'ladi. Portugaliyalik Tomas Myullerning assistlari bilan ko'plab gollar urishi mumkin. Ronalduning o'tishi Bundesligaga qiziqishni oshiradi, ammo shu bilan birga kamroq raqobatbardosh qiladi.


"Inter Mayami"

Florida shtati klubi yulduzli o'yinchini doim okean ortiga olib kelishni o'ylaydi. "Inter Mayami"ning rahbarlaridan biri Devid Bekxemning Ronaldu bilan aloqaga chiqqani haqida xabarlar ham bor. Mish-mishlarga ko'ra, MYU tarbiyalanuvchisi klub bilan mojaroda Krishtianuni qo'llab quvvatlaydi. Aslida Bekxem nimani o'ylayotganini aytish qiyin, ammo u bunday imkoniyatni qo'ldan boy bera olmaydi.

Portugaliyalikning transferi butun "Inter" va MLS uchun eng kattasi bo'ladi. Bu hatto Zlatan Ibragimovichning "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tishidan ham ko'proq shov-shuv bo'ladi. Ammo, bularning barchasi portugaliyalikka Evropaning nima taklif etishiga bog'liq. MLS esa kutib turishi mumkin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика