So’nggi yangiliklar

08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  0 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1

Ronaldu eng kuchlisimi? Afsonaviy futbolchilar A Seriyadagi faoliyatini qanday boshlagan? Yangiliklar

Ronaldu eng kuchlisimi? Afsonaviy futbolchilar A Seriyadagi faoliyatini qanday boshlagan?

Bugun A Seriya top-futbolchilarining debyut mavsumdagi o'yin natijalarini solishtiramiz.

Xabaringiz bor, Krishtianu Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga o'tishi yozning eng shov-shuvli transferi bo'lgandi. Ronaldu yoshi o'tib borayotganiga qaramay, yildan yilga eng kuchli futbolchilardan biri bo'lib qolmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, Ronaldu faoliyatini yakunlaguncha bu tendenciya o'z kuchini yo'qotmasligi uchun harakat qiladi. Ko'plab tahlilchi va mutaxassislarning so'zlariga qaraganda, Ronaldu Ispaniyadagi rekord natijalari, erishgan yutuqlarini Italiyada takrorlay olmas ekan. Biroq Ronaldu A Seriyaning 19 uchrashuvida 14ta gol urdi va turnirning “gol urish poyga”sida etakchilikni qo'lga kiritdi. SHu bilan birga, Italiyada debyut mavsumini o'tkazgan A Seriyaning mashhur futbolchilariga nisbatan, Krishtianu ko'proq gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ishonmaysizmi?! Keling unda solishtirib ko'ramiz.

Marko van Basten — 1ta gol

Van Basten Italiyaga 1987 yilda ko'chib o'tgan. Uni “Milan” Amsterdamning “Ayaks”idan xarid qilishga muvaffaq bo'lgandi. Ammo Markoning A Seriyadagi debyut mavsumi omadli chiqmadi. Birinchi davra uchrashuvida hujumchi atigi bitta gol urdi. Keyin oyog'idan olgan jarohati tufayli uzoq vaqtgacha bahslarda ishtirok etolmadi.

Ikkinchi davrada maydonga qaytgan van Basten yana 2ta gol urdi. Ulardan birini “Napoli” darvozasiga kiritdi (3:2). “Rossoneri” o'sha yili oltin uchun davogar edi. Markoning g'alabali golidan so'ng, jamoa 1987/88 yilgi mavsumda Skudettoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. van Basten esa v 11ta uchrashuvda hisobiga 3ta gol yozib qo'ydi. Ko'p gol urolmagan bo'lsada, muxlislar o'ta muhim gol uchun Markodan minnatdor edilar va uning statistikasiga ortiqcha etibor berishmagan.

Zinedin Zidan — 3ta gol

“Yuventus” 1996 yilda “Bordo”dan iqtidorli yarim himoyachi Zinedin Zidanni sotib olishga muvaffaq bo'lgan. Keyinchalik Zidan nafaqat A Seriya, balki butun dunyo futboli afsonalaridan biriga aylana olgan. Biroq, Zizu Italiyadagi debyut mavsumida esda qolarli natijalar ko'rsata olmagan. Dastlabki mavsum yarmida franciyalik 3ta gol urgan edi.

To'liq mavsumda esa 29ta uchrashuvda qatnashib, 5 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan. Turinliklar 1996/97 yilgi mavsumda chempion bo'ldilar, ammo turnirning eng yaxshi bombardiri Filippo Indzagi (“Atalanta” 24ta gol) deb etirof etilgandi.

Gabriel Batistuta — 3ta gol

Argentinalik hujumchi 1991 yil “Boka Xuniors”dan Italiyaga ko'chib o'tdi. Gabrielning Apennin yarim orolidagi ilk jamoasi “Fiorentina” bo'ldi. Ammo yangi jamoa, notanish insonlar, yangi joyga moslashish Batistuta uchun oson kechmadi. Birinchi mavsum yarmida Batistuta 3ta gol urdi va “fialkalar”ning ko'plab tifozilari Gabriel kuchli hujumchi ekaniga ishonmadilar.

Biroq tanaffusdan so'ng hammasi boshqacha tus oldi. Batistuta yana 10ta gol urdi va mavsumni (27 uchrashuvda) 13ta gol bilan yakunladi. “Fiorentina” 12-o'rinni, Gabriel eng yaxshi bombardirlar ro'yxatida 5-o'rinni egalladi.

Mishel Platini — 4ta gol

Platini 1982 yilda “Sent-Eten”dan Italiyaga ko'chib o'tdi. Appenin yarim orolidagi uning yagona jamoasi “Yuventus” bo'ldi. Biroq Platini ham adaptaciya borasida qiyinchilikka duch keldi. CHempionatning birinchi davra uchrushuvlarida Platini hisobida atigi 4ta gol bor edi. Lekin mavsumning ikkinchi yarmida hammasi boshqa tomonga o'zgardi. Platini yana 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mishel 29 bahsda 16ta gol bilan turnirning eng yaxshi bombardiri bo'ldi. Biroq turinliklar Skudetto uchun kurashda “Roma”ga g'alabani boy berib, ikkinchi pog'onani zabt etdilar.

Ruud Gullit — 6ta gol

1987 yil “Milan” gollandiyalik transferi uchun PSVga 8,9 million evro berib, rekord natijani qayd etgandi. Biroq Ruud Italiyadagi sharoitlarga  darhol moslashib keta olmadi. A Seriyaning birinchi 5ta turida u bor yo'g'i 2ta gol urdi. Bu ham etmaganidek, keyingi 7 uchrashuvda bir marotaba ham raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi.

Ruud omadsiz bu seriyaga 13-turda yakun yasab, “Napoli” darvozasini ishg'ol etdi. Turnir yarmida gollandiyalikning hisobida 6ta gol bor edi. Gullit Italiyadagi dastlabki mavsumning 29 uchrashuvida 9ta gol urdi.

Jorj Vea — 6ta gol

Liberiyalik 1995 yil PSJdan “Milan”ga o'tgan. Jorj Vea birinchi davrada 6ta gol urdi. Mavsumning ikkinchi yarmida Veaning omadi yurishib ketdi va u yana 5ta gol urdi. 26ta o'yinni 11ta gol bilan yakunlagan Jorj “Milan” Italiya chempioni bo'lishida yordam berdi. Veaning “Rossonerilar” tarkibidagi eng yaxshi mavsumi 1996/97 yili bo'ldi. Afrikalik 28ta bahsda 13 gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

Diego Maradona —6ta gol

Argentinalik 1984 yil “Napoli” o'yinchisiga aylandi. Neapolliklar Maradonani “Barselona”dan 7,6 million dollar evaziga sotib olishgan edi. Diego mavsumning birinchi yarmida 6 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Ikkinchi davra uchrashuvlari vaqtida vaziyat ijoyib tomonga o'zgardi. Maradona yana 8ta gol urdi. 20 tur “Lacio”ga qarshi bahsda (4:0) xet-trik qilishga muvaffaq bo'ldi. Ammo argentinalik bu o'yini bilan ham “Napoli” Evrokubokga chiqa olmadi. Neapol klubi 8-pog'onani egallagan holda chempionatni yakunladi.

Kaka — 7ta gol

Kaka 2003 yil “San-Paulu”dan “Milan”ga o'tdi. U Yaponiyada bo'lib o'tgan mundial vaqti Janubiy Koreyaga qarshi bahsda “selesao” bilan g'alaba qozonib, Jahon chempioni maqomiga sazovor bo'lib ulgurgandi. Lekin birinchi yarim yil Kaka uchun juda og'ir o'tdi: 7ta gol urdi. Ikkinchi doira uchrushuvida esa u yana 3ta gol urib, A Seriyandagi debyut mavsumini 10ta gol (30 uchrashuvda) bilan yakunladi. Ehtimol, chempionlikni qo'lga kiritib, CHempionlar Ligasi chorak finaligacha borish “Rossonerilar” uchun etarli bo'lgandir.

Ronaldo — 9ta gol

1997 yil “so'yloq tish” Italiyaga keldi va “Inter”da to'p tepa boshladi. “Neradzurri” o'yinchini sotib olish uchun “Barselona”ga 25 million funt to'lab, rekord natijani qayd etgandi. Braziliyalik ham jamoa yo'nalishiga tezda moslashib ketdi. Ronaldo chempionatning birinchi yarmida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo, lekin, biroq...

Ikkinchi davra uchrashuvlarida Ronaldo kam gol ura boshladi. U “Lechche”ga qarshi bahsda xet-trik qildi, “Roma” va "Empoli” darvozalarini ikki martadan ishg'ol etdi. Mavsum so'ngida braziliyalik hisobida 32ta uchrashuvda 25 gol bor edi. Lekin u turnirning eng yaxshi bombardiri bo'la olmadi. Bu titul “Udineze” o'yinchisi Oliver Birxoffga (27ta gol) nasib etdi.

Ziko — 11ta gol

O'z vaqtida Evropaning “Real”, “Barselona” va “Yuventus” kabi klublari braziliyalik mashhur xavbek Zikoga davogarlik qilgan edi. Biroq u 30 yoshga to'lganida Italiyaning “Udineze” klubiga o'tishga qaror qildi va u erda ikki mavsum davomida to'p tepdi. Birinchi doira bahslarida Ziko 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mavsumning ikkinchi yarmida esa braziliyalik hisobiga yana 8ta gol yozib qo'ydi. 24 uchrashuvda 19ta gol urgan o'yinchi 1983/84 yilgi mavsumda A Seriyaning eng yaxshi bombardirlari orasida 2-o'rinni egalladi. Birinchi pog'onani esa undan 1ta ko'proq gol urgan Platini zabt etdi.

Andrey SHevchenko — 11ta gol

“Dinamo”ning o'yinchisi kievliklarning 1998/99 yilgi omadli mavsumidan so'ng “Milan”ga o'tgandi. “Rossonerilar” ukrainalik uchun 25 million dollar to'lashdi. Andrey oz fursat ichida yangi jamoaga moslashib ketdi va mavsum birinchi yarmida 11ta gol urdi.

Ikkinchi davra uchrashuvlarida esa Andrey yana 13 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. SHevchenko mavsumni 32ta o'yinda 24ta gol bilan yakunladi va A Seriya 1999/2000 yilning eng yaxshi bombardiri bo'ldi. Biroq o'sha yili “qizil-qoralar” 11 ochko “Lacio”dan, 10 ochkoga “Yuventus”dan ortda qolib, 3-o'rinni egallagan edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика