Ronaldu: "Bunday gol urishimni kutmagandim"

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 19:23
"Real" to'purari Krishtianu Ronaldu YCHL doirasida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

U 64-daqiqada Janluijji Buffon darvozasiga chalqancha usulda gol kiritdi.

"A'lo darajadagi o'yin. Fantastik deyishim ham mumkin. Bunday gol urishimni kutmagandim. "Yuventus"dek yaxshi jamoaga uchta gol kiritishimizni kutmagandim.

Yaxshi o'ynadik, 2 gol urib jamoaga yordam berdim. Chiroyli oqshom", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com