So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Ronaldu bolakayga: "Real"dan ketganimga o'zim ham afsuslanaman" Yangiliklar

Ronaldu bolakayga: "Real"dan ketganimga o'zim ham afsuslanaman"

Xabaringiz bor, bugun Yuventus forvardi Marca tomonidan sportga qo'shgan hissasi uchun “Afsona“ mukofoti bilan taqdirlandi.

Marosimning birinchi qismida Ronaldu so'zga chiqdi.

“Ushbu sovrin muzeyimda eng yaxshi joyni egallaydi. Madrid – ajoyib shahar. Men ko'p shaharlarga sayohat qilaman, lekin, Madriddeklari ko'p emas. Sovrin Madriddagi yillarimda orttirgan tajribamning samarasi. Bu ispancha sovrin va bu men uchun xurmatdir. Uni qo'lga kiritishim uchun menga yordam bergan barchaga rahmat aytaman va g'ururlanaman. O'ylaymanki, yaqin orada Madridga qaytaman, - deydi Ronaldu.

SHundan so'ng, tadbirning ikkinchi qismida ekslyuziv tarzda yosh bolakaylar portugaliyalik hujumchidan intervyu olishdi.

-OAVdan yolg'onni yashirsang bo'ladi, lekin bolalardan hech narsani yashira olmaysan!, deya so'z boshladi turinliklar azosi.

-Bolalagingizda dunyoning eng yaxshisi bo'laman deb o'ylaganmidingiz? Ko'plab sovrinlarni yutishingiznichi?

-Yo'q, hech qachon o'ylamaganman. Men shunchaki, professional futbolchi bo'lishni xohlagandim.

-Ko'proq Manchesterni sog'inasizmi yoki Madridni?

-Menga ikkasi ham etishmaydi. Biroq, oilaviy sharoitim  bois Madridda ko'p vaqtimni o'tkazdim. SHuningdek, bu erda farzandlarim dunyoga keldi. SHu sababdan, Madridni biroz ko'proq sog'inaman.

-Evropa chempionatidagi muvaffaqiyat faoliyatingizdagi eng katta yutuqmi?

-Barcha sovrinlar muhim, balki, bunisi eng asosiysidir. Vataning uchun g'alaba qozonishing, bu navbatdagi sovrin degani emas. Buni qiyin ekanligini bilasan. Ehtimol, bu g'oliblik faoliyatimdagi eng muhimidir.

-«Real»dan ketganingizdan juda ham afsusdaman …

-Men ham.

-«Yuventus» bu yil ECHLni qo'lga kiritadimi?

-Buni bilmayman. Har safargidek harakat qilamiz. O'ylaymanki, «Yuventus» g'olib bo'ladi, - deya so'zini yakunladi Ronaldu.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика