Ronaldu Barselonaga keldi
27 mar 2019 19:52
Yangiliklar


Ronaldu Barselonaga keldi
“Yuvenus” forvardi Krishtianu Ronaldu Barselonaga keldi, deya xabar bermoqda RAC1 nashri.
Nashr xabariga ko'ra, “keksa senora”ning 34 yoshli hujumchisi qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Ispaniyaga uchib kelgan. Krishtianu terma jamoasi safida Evro-2020 saralash bellashuvlari doirasida Serbiyaga qarshi bahsda o'ng oyog'idan jarohat olgandi.
Futbolchining o'zi oldinroq ushbu jarohatdan forig' bo'lishi uchun ikki hafta maydonga tusha olmasligini malum qilgandi. SHu bois u A seriyaning yaqin uchta turida – “Empoli”, “Kalyari” va “Milan”ga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar