So’nggi yangiliklar

00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  1 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  6 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  10 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  21 22:32U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея — Индонезия 2:2 (онлайн ҳисоб)   20 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  13 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  22 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  16 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  3 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  13 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  2 19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0

Ronaldu "Al-Nassr"dagi ilk sovrinni qo'ldan boy berdi, bu Saudiya Arabistoni Superkubogi. Hozircha 2ta o'yinda gol yo'q Yangiliklar

Ronaldu "Al-Nassr"dagi ilk sovrinni qo'ldan boy berdi, bu Saudiya Arabistoni Superkubogi. Hozircha 2ta o'yinda gol yo'q

Va 90 daqiqa ichida 12 bor to'pni yo'qotish.

"Al-Nassr" va Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida mag'lub bo'lishdi. Hozircha yangi jamoadagi ilk sovrin yo'q.



"Al-Ittihod"ga qarshi 1:3, Ronaldu jamoasi tomonidan yagona golni Anderson Taliska kiritdi, u "Al-Nassr"ning Saudiya Arabistoni chempionatidagi eng yaxshi to'purari (12ta to'p) bo'lib turibdi. Oldinroq, 28 yoshli braziliyalik Turkiyaning "Beshiktosh" va Xitoyning "Guanchjou" jamoalari safida gollar urgan. O'yinning bosh qahramoni - "Al-Ittihod"ning  braziliyalik forvardi Romarino, unda gol+pas bo'yicha 1+2.

"Al-Nassr" maydonda ustunlik qildi: 63% o'yin vaqtida to'pga egalik qildi, ikki karra ko'proq darvoza tomon zarba berdi (9taga qarshi 17ta zarba), ammo "Al-Ittihod"da uchta golli vaziyat bo'ldi (Opta malumotiga ko'ra), "Al-Nassr"da esa umuman bo'lmadi.

"Al-Nassr"ning 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi to'xtatildi, ammo "Al-Ittihod"ning "Al-Nassr"ga qarshi seriyasi davom etdi - 10ta o'yin (6 g'alaba va 4 durang).


Ronaldu qanday o'ynadi?



Krishtianu to'liq 90 daqiqa harakat qildi, ikkita zarba berdi, to'p bilan 44ta harakat (ko'p emas: solishtirish uchun, maydonda bir taym o'ynagan sherigi Gonsalo Martinesda to'p bilan 40ta harakat).

Qolgan statistikalar ham yaxshi emas: 28ta urinishdan 22ta aniq pas, to'rttadan to'rtta muvaffaqiyatsiz krosslar, yuqoridagi kurashda beshtadan bitta g'alaba, ikki imkoniyatdan bir bor raqibidan o'tib ketdi, 12 bor to'pni yo'qotdi.

SHuningdek kutilmagan salomlar oldi - "Al-Ittihod" muxlislari "Messi!" deb qichqirishdi.

Endi boshqa solishtirishlarga o'tamiz. Masalan, "Al-Ittihod" forvardi Abderazak Amdalla bilan. U maydonni golsiz tark etmadi.



Nega Superkubokda birdan final emas, yarim finallar o'ynalmoqda?

Turnir ilk bor to'rtta jamoa formatida o'tkazilmoqda - uch jamoa o'tgan mavsum jadvaldagi top-3 sifatida olinadi, ularga esa Kubok sohibi qo'shiladi. "Al-Nassr" 2022 yilni uchinchi bo'lib yakunlagani uchun bu erga kelgan.



"Al-Nassr" to'qqiztadan (2013 yildan beri) ikkita Superkubokni yutgan, shuningdek ikki bor hal qiluvchi o'yinda harakat qilgan.

Boshqa bir yarim finalda "Al-Feyxa" "Al-Xilol"ni mag'lub etdi. Final Ronaldu va "Al-Nassr"siz o'tadi.


Ronaldu va "Al-Nassr"ning yana qanday rejalari bor?



Joriy mavsum yana ikkita sovringa imkoniyat qoldi.

1. Saudiya Arabistoni chempionati. Klub 14 turdan so'ng chempionatda etakchilik qilmoqda, ular hammadan ko'p urishgan (28) va eng kam to'p o'tkazib yuborishgan (6). 33 ochko, "Al-Xilol"da 32 (va bitta o'yin ko'p), "Al-Ittihod"da 31ta. "Al-Nassr" so'nggi bor 2019 yilda chempion bo'lgan.

2. Qirol kubogi. U erda "Abxa"ga qarshi chorak final. "Al-Nassr" ushbu kubokni anchadan beri, aniqrog'i 1990 yildan beri qo'lga kiritmagan. Ammo, o'sha yildan 2008 yilgacha turnir o'tkazilmagan, ammo so'nggi 15ta musobaqada turli xil etti klub g'alaba qozondi, "Al-Nassr" esa ularning qatorida emas.

Ronaldu Osiyo CHempionlar ligasi pley-offida o'ynamaydi. Sababi oddiy: u erda "Al-Nassr" yo'q. CHL-2022da mamlakatdan Kubok egasi, shuningdek 2020/21 yilgi mavsum Saudiya Arabistoni ligasida birinchi, ikkinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar chiqishdi. Nega to'rtinchisi? Sababi uchinchi o'rinni egallagan jamoa licenziyalashdan o'tmagan.



"Al-Nassr" unda umuman oltinchi o'rinni egalladi, ammo to'rtinchi o'ringacha ikki ochkogina etmadi. OFK Kubogi (qitaning ikkinchi turniri)da esa Osiyo top-chempionatlaridan jamoalar o'ynamaydi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика