Ronaldu: "39 yoshdaman va Xolanddek yosh sherlardan o'zib ketdim"
20 jan 2024 12:33
Yangiliklar
Ronaldu: "39 yoshdaman va Xolanddek yosh sherlardan o'zib ketdim"
Krishtianu Ronaldu tanqidlardan kuch olishini aytdi.
"Bu men bosib o'tayotgan yo'lning bir qismi. 22 yildan beri professional futbolchiman va tanqidlar eng yaxshi o'yinchi, inson va ota bo'lishga yordam beradi.
Odamlar menga shubha bilan qarashini yaxshi ko'raman va ularga aksini isbotlayman. O'tgan mavsum qiyinchiliklar bo'ldi, ammo ularga duch kelganimdan xursandman, chunki ulardan kuch oldim.
O'tgan yil ajoyib o'tdi. Men yil to'purari bo'ldim. Xoland kabi yosh sherlardan o'zib ketish qanday ekanligini tasavvur qilib ko'ring.
Bundan faxrlanaman. Tez orada 39ga kiraman va hali ham yaxshi formadaman" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar