Ronaldo o'zi bilan o'ynagan eng yomon futbolchining nomini aytdi
15 fev 2025 08:57
Yangiliklar
Ronaldo o'zi bilan o'ynagan eng yomon futbolchining nomini aytdi
Afsonaviy braziliyalik Ronaldo o'zi bilan bir jamoada o'ynagan eng yomon futbolchi nomini aytdi.
«Fenomen» Braziliya terma jamoasining yana bir sobiq futbolchisi Romario bilan suhbatda birinchi marta faoliyatidagi eng yaxshi sheriklarini haqida gapirdi.
«Terma jamoadagi eng yaxshilari Ronaldino, Gaucho. Zidan esa klub darajasidagi eng zo'ri edi. U boshqacha edi, juda texnik, u hamma narsani oddiygina bajarardi», — deydi ikki karra «Oltin to'p» sohibi.
Shundan so'ng, Ronaldo o'zi bilan o'ynagan eng yomon futbolchining nomini aytdi. Ikki karra jahon chempioning fikricha bu nomga «Real»dagi sobiq sherigi Tómas Grávesenni sazovor.
«U haqiqatan ham ajoyib yigit, haqiqatan ham yaxshi inson edi. Lekin u futbolda juda yomon edi, qo'pol o'ynardi va oyoqlarga qattiq zarba berardi», — degan Ronaldo.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar