Ronaldo: "Barselona"ga ishonmaganman"
07 apr 2018 10:29
Yangiliklar
Ronaldo: "Barselona"ga ishonmaganman"
Braziliyalik Ronaldo "Barselona"dan "Inter"ga o'tgani haqida gapirdi.
"Barselona" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazganman. Jamoada qolishni istamadim, chunki rahbariyatga ishonmadim. Biroz vaqt o'tib, "Inter" vakillari menga taklif bilan chiqdi, bu menga katta chaqiruv edi. O'shanda "Inter" dunyoning eng qiyin ligasining eng yaxshi jamoasi edi. O'shanda Italiya jamoasiga o'tib, to'g'ri ish qilganman", - dedi Ronaldo.
Futbolchi 1997 yilda "Inter"ga o'tgan va jamoa tarkibida 5 mavsum harakat qilib, 99 uchrashuvda 59 gol kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar