So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  6 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  27 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  4 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

"Ronald Kumanning har bir shartnomasida "Barselona" haqidagi band bo'lgan, "Paxtakor" Kataloniya klubi bilan o'ynashi mumkinmi?" SHota Arveladze bilan intervyu Yangiliklar

"Ronald Kumanning har bir shartnomasida "Barselona" haqidagi band bo'lgan, "Paxtakor" Kataloniya klubi bilan o'ynashi mumkinmi?" SHota Arveladze bilan intervyu

SHu haftada niderlandiyalik Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ayni paytda "Paxtakor"da faoliyat olib borayotgan SHota Arveladze o'z vaqtida "AZ Alkmaar" klubida Kuman bilan birga ishlagan. Arveladze va Kuman hozirgacha yaxshi munosabatlarni saqlab qolishgan. Biz "sherlar" ustozidan Ronald Kuman haqida intervyu olishga qaror qildik.

- Ronald Kuman qanday odam?

- Birinchi navbatda juda katta shaxs. Yoshligimda "Real", "Barselona" o'yinlarini tomosha qilardim, Van Basten, Gullit, Raykaard, Kuman avlodi uchrashuvlarini ko'rib kelajakda ular bilan gaplashish, ko'rishish va yonma-yon ishlashimni tasavvur ham qilmasdim. Buning uchun birinchi navbatda Yaratganga shukur qilaman. 2009 yil Ronald Lui Van Gal "Bavariya"ga ketganidan so'ng AZ bosh murabbiyi bo'lgandi va men unga yordamchi bo'lgandim. Birgalikda ECHLda, Niderlandiya chempionatida ishtirok etdik. Keyinroq adashmasam "Feyenoord"ga ketgandi.

U zamonaviy, o'qimishli evropalik murabbiy. Futbolchi va murabbiy sifatida juda katta tajribaga ega bo'lgan kuchli shaxs. U jamoada ajoyib futbol muhitini yarata oladigan murabbiy.

Aytgancha u doim "Barselona"da ishlashni orzu qilardi. Har bir shartnomasida shunday band bo'lardi: "Agar "Barselona"dan taklif bo'lsa, rahbariyat uni Kataloniya klubiga hech qanday qarshiliksiz va tovon pullarisiz qo'yib yuboradi". Ronald bir kun kelib baribir Kataloniya klubidan taklif bo'lishini sezardi va mana o'sha kun keldi.

Ronald bilan so'nggi bor 2017 yil "Paxtakor"ga kelishimdan oldin uchrashgandik. O'shanda u "Everton" bosh murabbiyi edi. Kechki ovqatni birga qilgandik, yoshlik davrlarimizni, birga ishlagan paytlarni yodga olgandik.

Bir voqeani aytib bermoqchiman. Ikki hafta oldin "Xoffenxaym" murabbiyi Alfred Sxryoder bilan gaplashgandim. U Bundesligada mavsum tugagach klubdan ketishga qaror qilganini va Turkiya klublaridan takliflar bo'layotganini aytdi. Mendan qaysi klubni tanlash borasida maslahat so'radi. SHunda unga biroz kutishini, shoshmasligini undan yaxshiroq taklif bo'lishini aytdim. Kuni kecha menga qo'ng'iroq qilib "SHota sen aytgandek biroz kutdim va "Barselona"da ish boshladim" deb kuldi. U Kumanning birinchi yordamchisi bo'lib ishlaydigan bo'ldi. Ikkinchi assistent sifatida mashhur Xenrik Larsson ishlaydi. SHveciyalik bu futbolchini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Uning o'g'li Jordan ayni paytda "Spartak"da o'ynamoqda.



- "Barselona"da Messi bor. Kiyim almashtirish xonasida Kuman eng birinchi shaxs bo'la oladimi?

- Kuman "Barselona" bilan Evropa chempionlar kubogini yutgan futbolchi. Uning 1992 yil finalda "Sampdoriya"ga urgan tarixiy golini eslasangiz kerak. Messi ham klub bazasiga, stadionga kelganida Kumanning ko'plab rasmlarini tomosha qilgan bo'lsa kerak. Ronald klubda kattagina avtoritet hisoblanadi. Uning bolalari Kataloniyada tug'ilgan, katta bo'lishgan. U ispan tilini yaxshi biladi. Aytish mumkin bo'lsa Ronald Kataloniya uchun begona emas. "Barselona" futbol o'ynashni unutib qo'ygan deb o'ylamayman, Ronald klubga kelib ichki muhitni yaxshilashga va oldingi g'alabalarni qaytarishga harakat qiladi.

Kroyf, Maradona, SHuster, Ronaldino, murabbiy Gvardiolaning davrlari bo'ldi, hozir Messi davri. Kelajakda murabbiy Kumanning davri bo'lishiga ham ishonaman. Ronald klub falsafasini o'zgartirmasligi aniq. 100 yildan buyon klub falsafasi bir xil. "Barselona"ga yangi murabbiy kelgach falsafasi o'zgaradigan klub emas.

- Hozirgi "Barselona" haqida nima deya olasiz?
- Bugungi kundagi "Barselona"ning holati haqida ko'p narsa ayta olmayman. "Bavariya"ga qarshi o'yinda nima uchun shunchaki "erga yiqilishganini" tushunmadim. Futbolchilarda g'alaba uchun istak etishmadi deb o'ylayman. O'sha o'yinda agar jamoa bo'lmasa hatto Messining ham o'yinni o'zgartirishga imkoniyati nolga teng ekanligini ko'rdik.



- Kuman bilan ishlaganda qiziqarli voqealar ham bo'lgani aniq. Ulardan bazilarini aytib bera olasizmi?

- Qiziqarli va yodda qolarli voqealar ko'p bo'lgan. Deylik futbolchilar bir nechta guruhga bo'linib "kvadrat" o'ynashadi. SHu guruhlardan biriga men qarashim kerak, futbolchilar "kvadrat" o'ynayotganida hazil qilishadi, kimdir to'pni sherigining oyog'i orasidan o'tkazadi, shunda men yosh murabbiy sifatida qattiqqo'llik bilan to'xtatinglar buni deb mashg'ulotni to'xtatib qo'yaverardim. Kuman shunda yoniga chaqirib, qo'yaver hazil qilishsin, zavq olishsin derdi. O'zingni futbolchi paytingni yodga ol, sen ham shunday edingku deb aytgandi. Keyinroq tushunib etdimki, bu futbolchilar uchun o'ziga xos zavqli holat ekan.

Yana bir holatni eslayman, AZ CHempionlar ligasida o'z maydonida Belgiyaning "Standard" klubiga qarshi o'ynayotgandi. Bizning jamoa besh himoyachi bilan harakat qilayotgandi. SHunda Kumanga qanot himoyachilari biroz boshqacharoq o'ynashlari kerak dedim. Ronald menga qaradida, shuni futbolchilarga tanaffusda 3 daqiqa ichida aniq qilib tushuntirib bera olasanmi dedi. SHunday qilib tanaffusda menga, 35 yoshli murabbiyga 4 daqiqa vaqt berildi va men bor bilimimni ishga solib o'ylagan taktikamni tushuntirdim. O'sha o'yinda adashmasam 1:0 hisobida g'alaba qozongan edik. Bu tajriba men uchun katta maktab edi.

- Dunyoda eng katta o'yin bor bu - "El-Klassiko". Nima deb o'ylaysiz Kuman Zidanni to'xtata oladimi?

- Agar "El-Klassiko"lar tarixiga etibor qilsangiz qaysidir o'yinda "Barselona" 5:0 hisobida yutadi, qaysidir bahsda "Real" 3:0 hisobida g'alaba qozonadi. Aytmoqchi bo'lganim bu jamoalar o'rtasidagi bahslar ketma-ket bitta klub g'alabasi bilan tugayvermaydi. Deylik "Barselona" ketma-ket 10ta o'yinda yutmagan, "Real" ham shunday. Eng asosiysi Kuman "El-Klassiko" nimaligini juda yaxshi biladi. Undagi muhit, Kataloniya uchun bu bahs qanday ahamiyat kasb etishini tushunadi. Bu o'yinda futbolchi sifatida o'ynagan, endi murabbiy sifatida ishlaydi. Bu borada u omadli insonlardan biriga aylanadi.



- Ronald Kuman "Everton"da ishlaganida unga yordamchi bo'lishingiz mumkinmidi?

- Yo'q, bunday taklif bo'lmagan. Lekin o'z vaqtida Dik Advokaat meni Rossiya terma jamoasida ishlaganida yordamchi sifatida chaqirgandi, keyinroq Lui Van Gal meni "Bavariya"ga chaqirgan. Biroq nemis tilini bilmaganim bois, afsuski unga rad javobini bergandim. Bu ajoyib tajriba bo'lardi deb o'ylayman. Hozir Ronald Kumanga ispan tilini juda yaxshi bilishim haqida yozib yubordim (kuladi).

- Kelajakda "Paxtakor" "Barselona" bilan mavsumoldi yig'inlardan birida nazorat uchrashuvi o'tkazish ehtimoli qanday?

- Afsuski "Barselona"ning o'rtoqlik o'yinlari va turnelari 5-6 yil oldin rejalashtiriladi. Bularning barchasi kommerciya, pul ishlash. Bizda afsuski kommerciya deyarli nol. Televideniya, reklama, chiptalar sotuvi bularning barchasi bizda yo'q. Hech o'ylab ko'rganmisiz nima uchun Evropa top klublari va Lotin Amerikasi klublari AQSHga borib turneda ishtirok etishadi va o'yinlar o'tkazishadi? Sababi AQSHda ispanlar, italiyaliklar va boshqa millat vakillari juda ko'p. Ular o'z klublari ishtirokidagi o'yinni jonli ko'rishni istashadi. Bularning barchasidan klublar pul ishlashadi.

Turkiyada ishlaganimda ko'plab klublar har yozda Germaniya, SHveycariyada o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishardi. Hatto ikki turk klubi o'zaro o'ynagan paytlar ham juda ko'p bo'lgan. Sababi Germaniyada 10 milliondan ortiq turklar yashaydi. Ular "Galatasaroy", "Fenerbaxche" va boshqa turk klubi o'yinini ko'rish uchun Turkiyaga chipta sotib olib u erga borib mehmonxonaga pul to'lashlari kerak. Klublar Germaniyaga kelishsa shunaki chipta olishadi va stadionga kirib tomosha qilaverishadi. CHiptalar sotuvidan esa klublarga pul beriladi.

"Barselona" bilan o'yinga kelsak, nasib qilsa bir kun kelib "Paxtakor"ning o'zi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi va o'sha erda "Barselona", "Real Madrid", "Liverpul", "Boka Xuniors", "River Pleyt" va boshqa klublarga qarshi o'ynaydi. O'ylashimcha buning uchun istak yuqori darajada bo'lishi va mehnat qilishdan to'xtamaslik zarur.



Jasurbek Aslanov suhbatlashdi

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика