Ronald Kuman: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
07 jan 2021 09:50
Yangiliklar
Ronald Kuman: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Atletik"ka qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:2) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yakuniy hisob bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi, chunki biz raqibga nisbatan yaxshi harakat qildik. Ular hisobda oldinga chiqib olishdi, biz esa himoyada yaxshi harakat qila olmayotgandik. Ammo shundan so'ng biz o'yinni o'z qo'limizga oldik.
Men erishgan natijamizdan mamnunman. O'z o'yinimiz va yaratilgan vaziyatlar orqali g'alabaga loyiq bo'ldik. Jamoa ajoyib ishni amalga oshirdi.
Sovrin uchun kurash? Biz oxirgi o'yinga qadar kurashamiz. Etakchilardan qolib ketmoqdamiz, lekin biz to'g'ri yo'ldamiz", - dedi Kuman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar