Romario: "Neymar Peledan o'tib ketishi mumkin"
27 okt 2014 22:12
Yangiliklar

Romario: "Neymar Peledan o'tib ketishi mumkin"
Braziliyalik mashhur futbolchi Romario terma jamoaning hozirgi sardori Neymar Peleni rekordini yangilay olishini aytib o'tdi.
Neymar hali yosh bo'lishiga qaramay jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'lishga ulgurdi. Braziliya mamlakati Neymarga ishonmoqda. U terma jamoaning yangi tarixini yaratishga qodir futbolchi. Braziliyalik futbolchilar orasida ko'p gol kiritgan futbolchilar etarlicha topilgan. Lekin ular terma jamoa libosida u qadar ko'p gol urisha olishmagan. Bu jahon chempionati Neymarga atalmadi. Lekin hali hammasi oldinda. U endi 22 yoshni qarshi oldi. Lekin terma jamoaning eng yaxshi uchta to'puraridan bittasi bo'lib turibdi. Agarda Neymar shu tarzda gollar urishni davom ettiradigan bo'lsa, unda hozirgacha Braziliya terma jamoasining birinchi raqamli to'purari Peleni natijasini yangilashga qodir deb bilaman.
Eslatib o'tamiz, Pele Braziliya terma jamoasi safida 92 o'yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 77 marta yo'l topa bilgan. Neymar esa hozirgacha 58 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 40 gol yozib qo'yishga ulgurdi.

Fikrlar