So’nggi yangiliklar

14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  1 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  6 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  2 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  4 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   8 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  16 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  10 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  34 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0

"Roma"ning omadi chopdi-mi - 7 mln evaziga 5ta yangi o'yinchi?! Yangiliklar

"Roma"ning omadi chopdi-mi - 7 mln evaziga 5ta yangi o'yinchi?!

"Roma" bu yoz transferlar uchun atigi 7 mln evro sarfladi, ammo naqd 5 nafar (!) futbolchiga ega bo'ldi.

Ajoyib o'yinchilar erkin agent sifatida va ijarada o'ynash uchun Joze Mourino ixtiyoriga keldi. Bugun jamoa A Seriya to'rtligidan o'rin olishi uchun yordamga tayyor turganlar haqida gaplashamiz.


Jorjino Veynaldum — PSJdan ijara

"Liverpul"dagi top o'yinlaridan so'ng, gollandiyalikning Liga 1dagi mavsumini omadsiz deb tan olishdi. So'rovnomada 100 mingdan ortiq odam shunday fikrda ekani malum bo'ldi, natijalar "Get French Football News" nashrida elon qilindi. Endi Veynaldum Rimda faoliyatini qayta jonlantirishga urinib ko'radi. Ijara muddati tugagach, "Roma" uni 8 mlnga sotib olishi mumkin.



Avvaliga OAVda agar yarim himoyachi o'yinlarning 50%ida maydonga tushsa, klub esa CHempionlar Ligasiga chiqa olsa, majburiy sotib olish opciyasi kuchga kiradi degan xabar tarqagan edi. Insayder Janluka Di Marcio aniqladi: "Roma" gollandiyalikni sotib olishi majbur degan band yo'q.


Paulo Dibala — "Yuve"dan erkin agent

"Inter" Jeko va Aleksis Sanchesdan "qutilishini" argentinalik kutishi mumkin edi, biroq kafolat yo'q edi. SHu sababli, "Roma" safiga borib qo'shildi. Mourino bilan telefon orqali bo'lgan suhbat barcha ikkilanishlarni yo'qqa chiqardi, La Repubblica portugaliyalikning gaplarini qidirib topdi: "Rimga nega kelayotganingni bilmayapsanmi? G'alabalar uchun, Italiya Kubogi va Evropa Ligasi uchun. Boshqalar haqida hech narsa demayman, ammo jamoa sen bilan ko'p ishlarga qodir bo'ladi".



Rimda"Yuventus" sobiq yulduziga "shohona ziyofat" uyushtirildi: muxlislar uchun taqdimotga ming kishi keldi. Tun, katta maydon, fayer, bayroqlar — ajoyib atmosfera!



"Men murabbiyga bergan savol quyidagicha edi: "Biz nimani yutmoqchimiz?" Men g'alaba qozonishni yaxshi ko'raman, u ham meni yoqtiradi. Mourino ham, klub rahbariyati ham menga kafolat berishdi. Direktor, murabbiy va "Roma" prezidenti bilan ko'p gaplashdim. Jamoa qanday tuzilishi borasidagi so'zlaridan keyin hech qanday shubham qolmadi", — deydi Paulo.


Nemanya Matich — "MYU"dan erkin agent

Matich uchun "Roma"dan yaxshiroq variant yo'q edi, Joze Mourino — serbning muxlisi. Opta malumotlariga qaraganda, Nemanya uning qo'l ostida Premer-liganing 118 o'yinida ishtirok etgan — hech bir murabbiy Matichga bunday ishonch bildirmagan. Agar top-5 chempionatlari statistikasiga murojaat qiladigan bo'lsak, yarim himoyachilardan faqatgina Frenk Lempard Joze nazoratida ko'proq to'p tepgan (140 o'yin).



Nemanya bir yilga shartnoma imzoladi va bosh murabbiy bilan o'rtasidagi munosabat haqida aytib ulgurdi: "Joze Mourino bilan ishlaganman. Munosabatlarimiz yaxshi, bu erga kelishimning sabablaridan biri aynan — u. Joze bilan ishlash bir vaqtning o'zida ham oson, ham qiyin! U g'olib. Men murabbiylarimdan aynan shuni xohlayman, chunki g'olib bo'lishni sevaman".


Mile Svilar — "Benfika"dan erkin agent

Endi bir muncha kamtarroq transferlar haqida gaplashamiz. 2017 yili mashhur serbiyalik darvozabon Ratko Svilarning o'g'li Iker Kasilyasning rekordini yangiladi va 18 yosh-u 52 kunligida ECHL tarixidagi eng yosh darvozabonga aylandi. SHundan so'ng, Milening faoliyatida pasayish kuzatildi —  o'tgan mavsum "Benfika"ning birorta o'yinida asosiy tarkibida maydonga tushmadi.



Albatta, Svilar darhol birinchi raqamga ega bo'lmaydi, ammo asta-sekin tajribali Ruy Patrisiuga munosib raqobatdosh bo'la oladi. Mile endigina 22 yoshda — posbon uchun hali juda yosh.


Zeki CHelik — "Lill"dan 7 mlnga xarid qilindi

Hozircha pul evaziga amalga oshgan yagona transfer. "Roma" o'ng qanot himoya chizig'ini turkiyalik futbolchi bilan kuchaytirdi: u "Lill"ning asosiy o'yinchisi edi. CHelik rimliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bitim summasi — 7 mln evro. SHuningdek, francuzlar keyingi transferdan 15% ulush oladilar.



Yangi mavsum "Roma"dan nimalar kutish kerak?

Rimliklar pul sarflashni unutib qo'yishdi, ammo Italiyaning barcha top jamoalaridan yaxshiroq kuchayishdi. Veynaldum Mxitaryan va Veretuning kuchli jihatlarini o'zida jamlaydi hamda maydon markazida sifatli futbolni taminlaydi. Dibala Mourinoning pozicion hujumlarining kamchiliklarini yopib ketishga harakat qiladi, xuddi Allegri jamoasida bo'lgani kabi. CHelik o'ng qanotni kuchaytiradi. Spinaccola bu mavsum chinakamiga qaytadi — agar, qayta olmasa ham Zalevski bor.

"Roma" o'tgan yozga qaraganda ancha kuchli, hujum chizig'i haqida esa ortiqcha gapirmasa ham bo'ladi. Ammo jamoa hamon asosiy muammosi — himoya markazidagi kamchiligini bartaraf etmadi. SHu sababli, jamoaga hali ham balans etishmayotgandek, aynan shuning uchun klub reytingda ham yuqorilab keta olmayapti.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика