

AS nashri xabariga ko'ra, biznesmen Valensiyani xarid qilmoqchi. Klub muxlislari rahbariyat o'zgarsa jamoa natijalari yaxshilanishiga umid qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Roman Abramovich 2003 yilda Chelsini sotib olgandi. Rossiyalik oligarxga nisbatan qo'llangan sankciyalar tufayli 2022 yilda ingliz klubini sotishga qaror qilgandi. Abramovich davrida Chelsi 19 yil ichida 5 marta Angliya chempioni bo'ldi, 5 marta Angliya kubogini, 3 marta - Liga Kubogini, 2 marta - Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan, 2 martadan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida zafar quchgan, bir marta UEFA Superkubogi sohibi bo'lgan va bir marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yutgan.
Valensiya hozir Ispaniya chempionatida 27ta o'yindan 40 ochko to'plab musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.



