Roman Abramovich "CHelsi"ni Buyuk Britaniyaning eng boy kishisiga sotmadi
09 iyu 2018 14:04
Yangiliklar


Roman Abramovich "CHelsi"ni Buyuk Britaniyaning eng boy kishisiga sotmadi
"CHelsi" egasi Roman Abramovich o'z klubini Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi Jim Ratkliffga sotishni istamadi.
Malumotlarga ko'ra, Ratkliff rossiyalik biznesmendan "CHelsi"ni xarid qilmoqchi bo'lgan, ammo uning taklifi rad etilgan. Ratkliffning boyligi 21,05 mlrd. funtga bahonalmoqda (24 mlrd. evro).
Eslatib o'tamiz, Abramovich 2003 yil 140 mln. funt evaziga "CHelsi"ni sotib olgan edi. Oldinroq, rossiyalik tadbirkor klubi bilan 1,17 mlrd funtga (1,33 mlrd. evro) xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar