“Roma”ga pul uchun emas, jamoa libosi va shani uchun kelgan murabbiy
10 mar 2019 23:33
Yangiliklar


“Roma”ga pul uchun emas, jamoa libosi va shani uchun kelgan murabbiy
Yaqindagina Eusebio Di Francheskoning o'rniga “Roma”ga bosh murabbiy etib tayinlangan italiyalik 67 yoshli mutaxassis Klaudio Raneri jamoa boshqaruviga pul uchun kelmaganini aytdi.
“Boshqa klublardan taklif tushganida rozi bo'lmasdim. Biroq, “Roma” men bilan aloqaga chiqqani uchun yo'q deya olmadim. Men, hattoki, qancha maosh olishimni ham so'rab o'tirmadim. Sababi, klub boshqaruviga jamoa libosi va shani uchun keldim, pul uchun emas.” – deya Ranerining so'zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, 67 yoshli murabbiy 2009-2011-yillarda ham ”bo'rilar”ni boshqargandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar