"Roma" sardori uchun "Yuventus" va "Inter" klublari davogarlik qilmoqda
13 noy 2019 23:52
Yangiliklar


"Roma" sardori uchun "Yuventus" va "Inter" klublari davogarlik qilmoqda
Rimning "Roma" klubi sardori Alessandro Florenci qishgi transfer mavsumida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Yuventus" 28 yoshli o'ng qanot himoyachisi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. SHuningdek, italiyalik futbolchi "Inter", "Sampdoriya" va "Kalyari" klublarining qiziqishlariga sabab bo'lgan. Rim klubi yozda Florencini sotishga tayyorligi haqida malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Alessandro "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan buyon "Bo'rilar"ning asosiy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar