"Roma" PSJ prezidentining bosimi tufayli "Barselona"ga qarshi o'yindan voz kechdi
29 iyu 2022 21:28
Yangiliklar
"Roma" PSJ prezidentining bosimi tufayli "Barselona"ga qarshi o'yindan voz kechdi
Rim klubi "Barselona" bilan o'ynamasligini malum qildi. SHuningdek, "Barsa" tovon puli talab qilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
"Roma"ning rasmiy bayonotiga ko'ra, rad etish mavsumoldi o'yinlari taqvimidagi o'zgarishlar bilan bog'liq.
Biroq Corriere dello Sport xabariga ko'ra, PSJ prezidenti va Evropa klublari associaciyasi (ECA) rahbari Nosir Al Xelayfi klubga bosim o'tkazgan.
Al Xelayfi va "Roma" xo'jayini Den Fridkin o'rtasidagi munosabatlar iliq tus olgan. Amerikalik tadbirkor, shuningdek, ECA direktorlar kengashi va ijroiya qo'mitasi azosi hisoblanadi. Fridkinni Gamper kubogidan voz kechishga ko'ndirgan ham aynan associaciya rahbari sanaladi.
Al Xelayfi "Roma"ning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga qarshi chiqdi, chunki kataloniyaliklar Superliga asoschilaridan biri va hali-hanuz turnirdan voz kechmoqchi emas. Superliga loyihasiga UEFA va ECA qarshilik ko'rsatmoqda.
Fikrlar