"Roma" prezidenti UEFAdan bir narsani iltimos qildi
03 may 2018 11:06
Yangiliklar
"Roma" prezidenti UEFAdan bir narsani iltimos qildi
"Roma" prezidenti Jeyms Pallotta "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob o'yinidan (4:2) so'ng, video assistent tizimi (VAR) yo'qligidan nolidi.
"Bunday voqealar ro'y bermasligi uchun CHempionlar ligasiga VAR tizimi kerak. O'zingiz ko'ring. Jeko ofsaydda emas edi va uni jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. 65-daqiqada "Liverpul" futbolchilari "gandbol o'ynashdi" - buni hakamdan boshqa hamma ko'rdi.
Tushunaman, ikki uchrashuv natijasiga ko'ra hakamni ayblash qiyin, ammo "Liverpul" 63-daqiqadan so'ng bir kishi kam bo'lib qolishi kerak edi. Yana bir bor "Liverpul"ni tabriklayman, ularda ajoyib jamoa bor. Ammo agar CHempionlar ligasida VAR tizimi qo'llanilsa, bunday narsalar yo'q bo'ladi" - deydi Pallotta.
Fikrlar