"Roma" O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan himoyachi bilan muzokarani boshladi
05 jan 2021 16:39
Yangiliklar


"Roma" O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan himoyachi bilan muzokarani boshladi
Turkiya terma jamoasi va "Lill" klubi himoyachisi Zeki CHelik faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar berdi. O'yinchi bilan "Roma" muzokaralarni boshladi. CHelik joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yin o'tkazdi. Franciyaning "Lill" klubi o'ng qanot himoyachisi uchun 15 million evro olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 2 iyun sanasida Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida aynan CHelikning dubli turklarga 2:0 hisobidagi g'alabani keltirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar