"Roma" Luiz Adrianu uchun 16 million evro taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 11:27
"Shaxtyor"ning 27 yoshli futbolchisi Luiz Adrianu "Roma"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Italiya klubi yaqin vaqt ichida "Tottenxem" yoki "Chelsi"ga ko'chib o'tadigan Mattia Destroning o'rnini bosadigan futbolchi qidirishni boshlab yuborgan. "Roma" braziliyalik futbolchi uchun 16 million evro berishga tayyor. Luiz Adrianu 2007 yildan beri "Shaxtyor" safida to'p tepib kelmoqda.

Futbolchi Ukraina klubi safida barcha turnirlarda 236 marta maydonga tushib, 108 marta gol urgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru