"Roma" Langle bilan shartnoma imzolashi mumkin Yangiliklar

"Roma" Langle bilan shartnoma imzolashi mumkin

"Barselona" himoyachisi Kleman Langle faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli franciyalik futbolchi uchun "Roma" davogarlik qilmoqda. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu transfer oynasi so'nggiga qadar mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Langle "Barselona"ga 2018 yilning iyulida "Sevilya"dan 35,9 million evro o'tgandi.

Langlening Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика