"Roma" Jeko bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
10 okt 2020 13:47
Yangiliklar


"Roma" Jeko bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
"Roma" rahbariyati hujumchi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda
Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, rimliklar 34 yoshli futbolchiga 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
Oldinroq Jeko "Roma"dan ketishga va "Yuventus"ga o'tishga yaqin bo'lgandi, biroq yakunda u Rimda qoldi.
Ushbu mavsumda Jeko A Seriyaning 2 o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar