"Roma" futbolchisi "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibiga o'tishi mumkin
26 iyu 2020 10:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583250_original.jpg)
![](/upload/storage/583250_220.jpg)
"Roma" futbolchisi "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibiga o'tishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perrotti faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin.
Uning xizmatlariga "SHabab Al-Ahli" jamoasidan qiziqishlar bo'lmoqda. SHuningdek, "Sampdoriya" futbolchisi Gaston Ramires "Al Ayn"ga o'tishi mumkin. Transferlar yozda amalga oshishi kutilmoqda.
32 yoshli Perrotti ushbu mavsumda 19 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi, Ramires esa 24 uchrashuvda 7 gol va 2 assistni hisobiga yozib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHLning 1-turida "SHabab Al Ahli" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Jamoa tarkibida o'zbekistonlik Aziz G'aniev faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar