Roys "Borussiya"da qolmaydi va martda kelajagi borasida qaror qabul qiladi
17 jan 2015 12:43
Yangiliklar


Roys "Borussiya"da qolmaydi va martda kelajagi borasida qaror qabul qiladi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys nemis klubi safida faoliyatini davom ettirmoqchi emas.
Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi o'z yaqinlariga mavsum oxirida "Borussiya"ni tark etishini aytgan. Ammo u hozircha faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini aniqlab olgani yo'q. Futbolchi yakuniy qarorni martda qabul qilishini takidladi.
Eslatib o'tamiz, Roysning "Borussiya" bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan va uning transfer bahosi 25 mln evro.

Fikrlar