Roy Rok: "Tashxisdan so'ng hammasi malum bo'ladi"
08 iyu 2015 09:53
Yangiliklar


Roy Rok: "Tashxisdan so'ng hammasi malum bo'ladi"
"Nasaf"ning sloveniyalik himoyachisi Roy Rok "Bunyodkor"ga qarshi o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotida jarohat oldi.
Roy Rok jarohati bois "Bunyodkor" bilan o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ldi. Uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlashi aniq bo'lgan Roy Rok chigalyozdi mashg'ulot paytida kutilmaganda jarohat olib maydonga tusha olmadi.
Biz shu ondayoq futbolchiga murojaat etdik:
"Uchrashuvni tomoshabinlar qatorida o'tkazaman. Jarohatim qanchalik jiddiy ekanligini rosti bilmayman. Kayfiyatim buzildi. SHunday muhim uchrashuvda jamoamga yordam bermoqchi edim. Endi barchasi tashxisdan so'ng malum bo'ladi", - deydi sloveniyalik himoyachi Roy Rok.

Fikrlar