Rodjers: "Suares Messi va Ronaldudan kuchsiz emas"
05 dek 2013 17:00
Yangiliklar


Rodjers: "Suares Messi va Ronaldudan kuchsiz emas"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rodjers "Norvich" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (5:1) so'ng to'rtta gol urgan Luis Suaresni maqtadi.
– Bu darajada individual tarzda ajoyib o'ynagan futbolchilarni kam ko'rganman, - deydi Rodjers The Guardian nashriga. - Jamoa haqida gapirganimda Suaresni chetlab o'ta olmayman. U – jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri. Uning o'yinini kuzatish maroqli bo'ldi. Suares Krishtianu Ronaldu va Messidan aslo kuchsiz emas. Uning o'yin sifati eng yuqori darajada. "Liverpul" Suaresga juda mos jamoa, eng yaxshi yillarini shu erda o'tkazishi kerak.

Fikrlar