Rodrigao Rossiya fuqaroligini qabul qilishga tayyor
15 noy 2023 18:19
Yangiliklar
Rodrigao Rossiya fuqaroligini qabul qilishga tayyor
"Zenit" himoyachisi Rodrigao Rossiya fuqarosi pasportini olish to'g'risida gapirdi.
"Hech qachon bu haqida o'ylamaganman. Sababi hech kim menga bunday taklif bilan chiqmagan. Agar fuqarolikni olish to'g'risida taklif olsam, Rossiya meni qabul qilganini tushunaman. Menga bu erda barchasi yoqadi. Agar rossiya fuqaroligini taklif qilishsa, albatta, rozi bo'laman".
Rodrigao 2021 yil yozidan buyon RPLda to'p tepadi. Bu mavsum "Zenit" safida braziliyalik chempionat va Rossiya Kubogi doirasida 8 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar