Robertson: “Arsenal”ni xato qilishga majbur qildik”
29 sen 2020 08:48
Yangiliklar


Robertson: “Arsenal”ni xato qilishga majbur qildik”
“Liverpul” himoyachisi “Arsenal”ga qarshi bahsdan so'ng (3:1) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu biz tomonimizdan qilingan fantastik qarshi pressingli bahs bo'ldi. Biz bosim qildik va raqibni xato qilishga majburladik. “Arsenal”da xavfsirash kerak bo'lgan tezkor qanot futbolchilari bor edi. Ularni zararsizlantira oldik va bir necha bor ofsaydda ham qoldirdik. O'z raqiblaringni engish va uchta o'yinda uchta g'alaba qozonish yoqimli”, — deydi Endryu Robertson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar