Roberto Martines: “Xeytingening kelajagi yanvarda o'z echimini topadi”
03 dek 2013 12:07
Yangiliklar


Roberto Martines: “Xeytingening kelajagi yanvarda o'z echimini topadi”
“Everton” klubi bosh murabbiyi Roberto Martines, jamoa himoyachisi Jonni Xeytingeni “Fiorentina”ga ketish imkoniyatini izohlab o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli gollandiyalik futbolchi ushbu mavsumda birorta o'yinda ham maydonga tushmagan.
“Jonni haqiqiy professional ekanligini dastlabki kunlardanoq namoyish etdi. U yuqori darajadagi o'yinchi bo'lsada, etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmayapti. Ko'ramiz, balki yanvarda bu masalaning echimini toparmiz”, - deydi Martines.

Fikrlar