Roberto Martines Jahon chempionatidagi omadsizlikdan so'ng Belgiya terma jamoasidan ketishini elon qildi
01 dek 2022 23:53
Yangiliklar
Roberto Martines Jahon chempionatidagi omadsizlikdan so'ng Belgiya terma jamoasidan ketishini elon qildi
Belgiya guruhda qolib ketdi.
Xorvatiyaga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmagan Belgiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi. Ushbu omadsizlikdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines o'z istefosini elon qildi.
"Bu mening terma jamoa boshqaruvidagi oxirgi o'yinim edi. Men davom eta olmayman.
Futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan xayrlashdim. Jahon chempioni bo'lgan taqdirimizda ham termani tark etgan bo'lardim. Bu qarorni mundialdan oldin qabul qilib bo'lgandim", -deydi Roberto Martines.
Malumot uchun, Roberto Martines 2016 yildan beri Belgiya terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat yuritib kelardi.
Fikrlar