Roberto Martines: "Deulofeu hafta so'nggida safga qaytadi"
23 jan 2014 20:59
Yangiliklar


Roberto Martines: "Deulofeu hafta so'nggida safga qaytadi"
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martinesning aytishicha Jerar Deulofeu "Aston Villa"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kerak.
"Jerer deyarli sog'ayib ketdi. Keyingi haftadagi o'yinga tayyor bo'lmasa hayron qolaman. Uning maydonga qaytishi biz uchun juda yaxshi xabardir. Deulofeu haqiqiy sprinter. Bunday futbolchilar uchun jarohatlar ayniqsa og'riqliroq bo'ladi. U qancha tez safga qaytsa, shuncha xursand bo'laman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar