Robert Levandovski: “Muxlislarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lmadim”
24 jan 2014 14:13
Yangiliklar


Robert Levandovski: “Muxlislarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lmadim”
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Robert Levandovski muxlislar bilan bo'lgan noxush holat bo'yicha o'z fikrini bildirib o'tdi.
- Bugun uyim oldida bo'lib o'tgan noxush holat bo'yicha o'z fikrimni bildirishga majburman. Men 17 yoshar yigitlarga qarshi kuch ishlatganim yo'q, ammo o'zimni va oilamni haqoratlashlariga yo'l qo'ymayman. Keyinchalik bunday holat yoz bermaydi deb umid qilaman, - deb yozadi Levandovski “Facebook”da.

Fikrlar