So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  30 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

Robert Gay: Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish Yangiliklar

Robert Gay: Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish

Davralar oralig'ida Navbahor jamoasi murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi.
Birinchi ligada to'p surayotgan “CHust-Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Robert Gay ikkinchi davradan boshlab, “lochinlar”ning murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. Jamoa azolarini Toshkentga yo'l olishidan oldin Robert Gay bilan suhbatda bo'ldik.

- Robert Sergeevich, Navbahor jamoasi bilan dastlabki mashg'ulotlarni ham o'tkazdingiz. Jamoa haqidagi ilk taassurotlaringiz qanday va qaysi chiziqlar kuchaytirishga muhtoj ko'rinyapti?
- Hozirdan aniq bir narsa deyish qiyin. Sekin-asta jamoaning imkoniyatlarini o'rganib chiqyapman. Hattoki birinchi davra o'yinlari yozilgan disklarni ham ko'rib chiqishni boshladim. Tarkib bilan bog'liq muammolar borligi hech kimga sir emas. Himoya hamda yarim himoyada ancha kamchiliklar ko'zga tashlanib turibdi. Namanganda yig'inni tugatgach, Toshkentga ko'chib o'tamiz. U erda qator o'rtoqlik uchrashuvlari belgilangan. Jumladan 21 iyulda “Nasaf” bilan, 24 iyulda “Qizilqum”ga qarshi maydonga tushamiz. 27 iyulda “Mashal” jamoasi bilan kuch sinashamiz. Ana shu o'yinlardan keyin jamoaning imkoniyatlari haqida aniqroq gapirishim mumkin.

- Jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan o'yinchilar haqida nima deya olasiz. Har doimgidek, Navbahor yana transfer darchasining eng faol qatnashchilaridan biri bo'ladi chog'i. Navbahorga oliy ligada to'p surayotgan taniqli o'yinchilar kelayotgani haqida mish-mishlarning biri tugasa, ikkinchisi boshlanyapti. Bugungi kunga qadar jamoaga kimlar kelib qo'shildi?
- Hozirda Navbahor tarkibida yangi o'yinchilar u qadar ko'p emas. “CHust-Paxtakor”dagi faoliyatim orqali o'zimga yaxshi tanish bo'lgan va o'yin saviyasi yuqori ekanligiga ishonchim komil uch nafar futbolchini chaqirdim. Bular Mirzohid Mahkamov, Farruh Yo'ldoshev va Bobur Rasulovlar. Ularni asosiy tarkibga kirish uchun kechadigan raqobatni kuchaytira olishlariga shubham yo'q.

- Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan Timur Jo'raevning taklif etilgani rostmi?
- Bu masala yuzasidan aniq bir narsa deyish qiyin. Hozirda jamoa rahbariyati Toshkentda bir necha futbolchilar bilan muzokara o'tkazishyapti. Lekin, Navbahor tarkibiga kelib qo'shilmagan futbolchilar bilan bog'liq holatlarni sharhlash murakkab.

- Hozirda mashg'ulotlarda qatnashayotgan Ayubxon G'apparov bilan shartnoma imzolandimi?
- Yo'q, hali hech qanday shartnoma imzolanmadi. Hozircha yig'inga taklif etilganlarning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib turibmiz.

- Kelgusi yig'in demak, Toshkentda bo'lib o'tadi?
- Ha, 20 iyul kuni Toshkentga jo'nab ketamiz va 28 iyulgacha u erda tayyorgarlikni davom ettiramiz.

- Robert Sergeevich, Siz bilan suhbat chog'ida sobiq jamoangiz “CHust-Paxtakor” haqida to'xtalib o'tmasdan iloji yo'q. CHustliklar birinchi ligada birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, ikkinchi bosqichda oliy liga yo'llanmalari uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Jamoaning o'z o'yin uslubiga ega bo'lishida, tarkibning shakllanishida katta mehnatingiz yotibdi. Ulardan ayrilib, boshqa jamoaga o'tish og'ir bo'lgandir?
- Haqiqatdan ham CHustni tark etish juda og'ir bo'ldi. SHuni unutmaslik kerakki, futbolda har bir murabbiy yanada yuqori darajada faoliyat olib borishni orzu qiladi. SHuning uchun Navbahordan tushgan taklif o'ziga tortdi. Oliy liga baribir oliy liga. CHust halqidan juda minnatdorman. Doimo qo'llab-quvvatlab turishdi. Jamoa bilan o'tkazgan so'nggi o'yinimda olqishlar bilan kuzatib qo'yishdi. Bunday hurmat ehtiromdan ko'zlarimga yosh keldi. “CHust-Paxtakor” mutasaddilariga ham o'z minnatdorchiligimni bildirishni istardim. CHunki ular CHustda natija ko'rsata olishim uchun barcha sharoitni taminlab berishdi. O'ylaymanki, CHustliklar Navbahorga o'tish qarorimni to'g'ri tushunishadi va xafa bo'lishmaydi. “CHust-Paxtakor” bundan keyin ham muxlislarini xursand etishda davom etishiga ishonaman.

- Navbahor varianti qachon o'rtaga chiqdi?
- 9 iyul kuni birinchi ligada so'nggi o'yinimizni o'tkazgach, menga ilk bor bu mavzuda murojaat bo'ldi. Ertasiga Navbahor rahbarlari bilan ko'rishib, o'zaro kelishuvga erishdik.

- Jamoa oldiga ikkinchi davrada qanday vazifa belgilab qo'yildi?
- Navbahor birinchi davradan keyin sakkizinchi o'rinda turibdi va vazifa, o'z-o'zidan, yuqoriroq pog'onaga ko'tarilish. Asosiy maqsadimiz, kuchli tarkib shakllantirib, jamoaviy, hujumkor, tomoshabinlarga yoqadigan futbol namoyish etish. Agar yaxshi o'yin namoyish etadigan bo'lsak, natija o'z-o'zidan keladi. Jamoaga tanishtirish chog'ida o'yinchilarga ikkita talabni qo'ydim. Birinchisi, kuchli tartib-intizom bo'lsa, ikkinchisi futbol birinchi navbatda tomoshabinlar uchun ekanligini hech unutmaslik. SHunday hollar bo'ladiki, jamoa chiroyli, hujumkor o'yin ko'rsatadi, biroq o'yinni boy berishi mumkin. Agar tomoshabin o'yinchilar maydonda bor kuchlari bilan ularni xushnud etishga harakat qilishganini sezsa, mag'lubiyatga ham qaramay, jamoasini olqishlaydi va qo'llab-quvvatlaydi. Maydonda hissiyot bilan o'ynash kerak.

- Murabbiy Robert Gayni boshqalardan ajratib turuvchi o'yin taktikasi qanday?
- Men uchun har qanday taktika, o'yin tashkil etish usulining boshida chiroyli futbol yotadi. Yuqorida aytib o'tdim, o'yin yaxshi bo'lsa, natija hech qayoqqa qochib ketolmaydi. Hujumkor yoki himoyaviy o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, jamoaning qaerda o'ynashi, kim bilan o'ynashiga qarab ular o'zgarib turishi mumkin. Qaytarib aytaman, Navbahor muxlislarini xursand qiladigan yorqin, chiroyli futbol namoyish etishni maqsad qilib qo'ydik.
 
“Asr futboli” gazetasidan olindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика