Robbi Fauler: "MYU "Liverpul"dan kuchsizligini tushungan holda maydonga chiqadi"
20 okt 2019 20:15
Yangiliklar


Robbi Fauler: "MYU "Liverpul"dan kuchsizligini tushungan holda maydonga chiqadi"
"Liverpul" sobiq hujumchisi Robbi Fauler APL 9-turida "Manchester Yunayted" bilan bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"MYU "Liverpul"dan kuchsizligini tushungan holda maydonga tushadi. Sulsher ham, uning shogirdlari ham buni bilishadi. Professional bo'lganda, siz raqibingiz kuchli va sizdan yaxshi formada ekanini oddiy tushunasiz. Men "Liverpul" 100 foiz bahsni o'z foydasiga hal qiladi demayapman, lekin baribir ham.
"Liverpul"da o'ynagan davrim, biz o'zimizni hech kimdan yomonroq his qilmaganmiz. "Manchester Yunayted" barcha sovrinlarni qo'lga kiritib bo'lgandi va biz esa kamroq. Ammo, ular bilan o'ynaganimizda, har doim o'zimzni ular kabi his qilardik va yutishimizga ishonardik", – deydi Fauler.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar