Robben: “Bazida yana futbolga qaytishni o'ylab qolaman”
26 apr 2020 20:30
Yangiliklar


Robben: “Bazida yana futbolga qaytishni o'ylab qolaman”
Gollandiya termasi hamda “Bavariya” sobiq yarim himoyachisi Aren Robben futbolni sog'inayotganini tan oldi.
“Boshida futbolni umuman sog'inmadim. Biroq, keyin yana qumsashni boshladim va hayolimga: “Hey, ehtimol yana biroz o'ynashim kerakdir?”, degan fikrlar keldi.
Vaqti-vaqti bilan bu tuyg'uni his etib turaman. Virus tufayli barcha uchun vaqt noodatiy o'tmoqda. Ehtimol, bu tuyg'u men bilan abadiy qolar. Men shunchaki sportchiman.
Bandligim tufayli “Bavariya"ning joriy mavsumdagi ko'p o'yinlarini o'tkazib yubordim. Nafaqada bo'lganingda, seni hech kim kutmaydi, ammo nimadir kerakligi bilganing uchun ertalab turishga to'g'ri keladi. Mening holatimda, bu farzandlarimdir.
Kelajak rejalarim? Hozircha aniq bir narsa yo'q”, deydi 2019 yil faoliyatini yakunlagan Robben.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar