So’nggi yangiliklar

"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston U-17 termasi Rossiyaga qarshi o'yinda 0:2ni 2:2ga aylantira oldi Yangiliklar

"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston U-17 termasi Rossiyaga qarshi o'yinda 0:2ni 2:2ga aylantira oldi

Asker Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi 18-24 fevral kunlari Belarusda bo'lib o'tadigan "Rivojlanish kubogi" xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Dastlabki turda vakillarimiz Rossiya U-16 termasiga qarshi maydonga tushishdi.

Qiziqarli bellashuvda raqiblarimiz 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, 18-daqiqada esa hisob 2:0 ko'rinish oldi.

SHunga qaramay, o'zbekistonlik futbolchilar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va Davron To'laganovning dubli evaziga muvozanatni tiklashdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar qanchalik urinmasin, boshqa gol ura olishmadi.  


Rossiya U-16 — O'zbekiston U-17 2:2
Gollar: 1:0 Roman Bosov 1`; 2:0 Daniil Tushich 18` — 2:1 Davron To'laganov 24`; 30.


O'zbekiston U-17 — 1. Rasul Mamatov, 4. Behruzjon Karimov, 5. Diyor Ermanov, 6. Ozodbek Ibodullaev, 7. Quvonchbek Abraev, 8. SHahobiddin Po'latov, 14. Orzibek Turg'unov, 18. Azizbek Anvarov, 19. Ozodbek Todjiev, 20. Alisher SHukurov, 22. Davron To'laganov.
Zaxira: Zayniddin Yusufxonov, SHorahim SHorahmedov, Muhammadali Qodirjonov, Asadbek Anvarov, Jasurbek Jumaboev, Diyorbek Qo'shmatov, Saddam Ahmadov, Og'abek Eshmamatov, Komronbek Yusupov.

Uchrashuvni havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin bo'ldi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика