

“Koutno juda yaxshi futbolchi. Men shunday deb hisoblayman. Shuningdek, u Neymar bilan yaqin do'st. Uning “Barselona”ga o'tish ehtimoli yuqori. Chunki kataloniyaliklar doim eng yaxshilarni o'z saflariga qo'shib olishadi. Agar u “Barsa”ga o'tsa, bundan klub faqat yutadi. Uning maydondagi aqlli harakatlaridan kelib chiqadigan bo'lsak, u aynan “Barselona”ni yanada yaxshi o'yin ko'rsatishiga sababchi bo'lishi mumkin”, deydi Rivaldo.



