So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Rishtonda Davlat Turdialiev xotira turniri bo'lib o'tdi Yangiliklar

Rishtonda Davlat Turdialiev xotira turniri bo'lib o'tdi

Teglar :  Davlat Turdialiev
Kecha Rishton tumanida marhum sport sharhlovichisi Davlat Turdialiev xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqa Rishton tumani To'da shaharchasi fuqarolar yig'ini raisi SHokirjon Qodirov va futbol fidoyisi O'rinboy Yusupov tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur turnirda Namangan viloyati va Rishton tumanidan tashkil topgan to'rtta farxiylar jamoasi ishtirok etishdi.

Musobaqa ochilish marosimida Davlat Turdialievning yaqinlari ham qatnashishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqanlarning barchasi marhum Davlat Turdialievni yodga olishdi.

– Men Davlat Turdialiev bilan birga katta bo'lganman. Uning sharhlarini maroq bilan tinglab borar edim. So'nggi bora Davlat Turdialiev bilan 2014 yilgi Jahon chempionati paytida uchrashgandim… Bugun u kishini xotirlab bu erga jamlangan barchadan minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Kezi kelganda, shuni aytishim joizki, bu turnir har yili ananaviy tarzda o'tkaziladi, dedi To'da shaharchasi fuqarolar yig'ini raisi SHokirjon Qodirov.

Keyin so'z navbati marhum sharhlovchining akasi Xolmatjon Turdialievga berildi.

– Mashhur futbolchilardan biri shunday degan ekan. Men bu dunyoda nimaga erishgan bo'lsam, barchasi futbol tufaylidir. CHindan ham ukam sport sababli butun mamlakatimizga tanildi. Mana bugun sizlarni kurib ko'zimga yosh keldi. Ukamni xotirlab kelgan barchaga rahmat aytmoqchiman.

Ochilish marosimida shuningdek, O'rinboy Yusupov va Mamadali Mo'minovlar ham so'zga chiqishdi.

SHundan so'ng, Namanganning “Navqiron” va Rishtonning “Oq-Oltin” jamoalari maydonga tushishdi. O'yinda namanganliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi va finalga yo'llanma olishdi.

DSC_0005

Ikkinchi finalchi nomi – Uychining “Xotira-79” va Rishtonning “Sog'lom avlod” jamoalari o'yinidan aniqlandi. Uchrashuvni kutarinki ruhda o'tkazgan “Sog'lom avlod” jamoasi vakillari 4:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Hal qiluvchi bahsda “Navqiron” va “Sog'lom avlod” jamoalari to'qnash kelishdi. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik bilan tashrif buyurgan “Navqiron” jamoasi vakillari 4:1 hisobida g'alabaga erishishdi va bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.

DSC_0003

G'oliblarni To'da shaharchasi fuqarolar yig'ini raisi SHokirjon Qodirov va Davlat Turdialievning akasi Xolmatjon Turdialievlar taqdirlashdi.

DSC_0059

DSC_0054

DSC_0057

DSC_0036

Faxriylar o'rtasida o'tkazilgan ushbu turnir barchada birdek yoqimli taassurot qoldirganini ham takidlash joiz.

Hamidxon Mo'ydinxo'jaev va No'monjon Ikromovlar turnirning eng yaxshi o'yinchilari sifatida tan olindi. Umuman olganda, 60 yoshdan oshgan faxriylar yuqori saviyada to'p surishdi.

DSC_0063

Davlat Turdialiev xotira turniri

Yarim final

“Navqiron” – “Oq-Oltin” – 4:1

“Sog'lom avlod” – “Xotira-79” – 4:1

Final

“Navqiron” – “Sog'lom avlod” – 4:1.


Abror Dehqonov

 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика