Rio Ferdinand: "Pogbaning "Barselona"ga o'tishi haqida xatto o'ylab ham ko'rmang, uning uyi - MYU"
07 avg 2018 13:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/447627_original.jpg)
![](/upload/storage/447627_220.jpg)
Rio Ferdinand: "Pogbaning "Barselona"ga o'tishi haqida xatto o'ylab ham ko'rmang, uning uyi - MYU"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.
"Ed ("Manchester Yunayted" vice-prezidenti Ed Vudvord), ularga Pogba boshqa klubga o'tishi haqida xatto o'ylashga ham yo'l qo'yma! Pogbaning uyi - "Manchester Yunayted"! Tezroq mish-mishlarni tugatib, Alderveyreldni sotib oling" - deb yozdi Ferdinand "Tvitter"da.
Oldinroq, Pogbaning agenti Mino Rayola muzokara o'tkazish uchun Barselonaga uchib ketgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar