So’nggi yangiliklar

04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   5 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   0 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  382 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   0 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  28 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  2 22:33"Порту" уч йилга еврокубоклардан четлатилиши мумкин?!  0 22:12Улуғбек Ҳошимов: "Ҳужумчи позициясига 3-4 футболчи даъвогарлик қилмоқда"  1

Rim - qaynoq derbi va go'zal arxitektura shahri Yangiliklar

Rim - qaynoq derbi va go'zal arxitektura shahri

Italiya poytaxtiga tashrif buyurishingiz uchun futbol bo'yicha ajoyib qo'llanma.

Rimda futbol katta ishtiyoq bilan tomosha qilinishi hech kimga sir emas. Poytaxtning ikki mahalliy klubi — "Roma" va "Lacio" nafaqat Italiya poytaxti, balki "Olimpiko" stadionini ham birgalikda "baham ko'rishadi".



Afsonaviy rimlik bastakor Ennio Morrikone klublar o'rtasidagi adovat darajasini bayon qilishga harakat qilib ko'rgan. Bo'lajak bastakorning 1-sinfligida deyarli barcha sinfdoshlari "Lacio"ga muxlislik qilardi.

— Sen ham "Lacio"ga muxlislik qilasanmi? — so'rashdi bolalar.
— Albatta! — deb javob berdi Ennio, futbolni uncha tushunmasa ham.

Bir necha kundan so'ng, bolakayni otasi bilan bo'ladigan jiddiy suhbat kutib turardi.

— Eshitishimcha, "Lacio"ga muxlislik qilar ekansan?!
— Ha, ularga shunday dedim.
— Uyalmaysanmi?

Ota o'sha zahoti o'g'li tomonga qarab picca bo'lagini otdi, picca bolakayning yuzidan sekin sirg'anib erga tushdi. O'sha kundan boshlab Morrikone butun umri davomida faqat "Roma"ga muxlislik qildi!

***

Rim futbol nafasiga to'yintirilgan tarixiy maskanga aylangan. Masalan, "Lacio" 1900 yili Ozodlik maydonida (Piazza della Liberta) tashkil etilgan bo'lib, u erda 100 yil bo'lgani sharafiga bag'ishlab tayyorlangan maxsus tabloni ko'rish mumkin.



Madzini maydoni (Piazza Mazzini) ayni damda xiyobon bo'lib, favvora bilan bezatilgan, lekin XX asr boshlarida u erda "Lacio" o'yinchilari shug'ullangan. 1902 yilda esa aynan shu erda Rim tarixidagi ilk futbol o'yini bo'lib o'tgan — "Lacio" 3:0 hisobida "Virtus"ni mag'lub etgan.

Keyin esa "Lacio" dey Dayni (Parco dei Daini) bog'iga ko'chib o'tgan, biroq u erda uzoq qolmagan. 1913 yili klub u erdan chiqarib yuborilgan. Sababi juda kulgili: bahs vaqtida to'p shu qadar qattiq tepib yuborildiki, natijada u karetada ketayotgan zodagon ayolning boshiga tegdi. U prefektning (qadimgi Rimda mamuriy yoki harbiy lavozimdagi shaxs) xotini edi. Bu voqeadan g'azablangan er "Lacio"ni parkdan haydab yubordi.



Via deli Uffici del Vikario (Via degli Uffici del Vicario) nomli kichik ko'cha, "Roma" muxlislari uchun tarixiy joy. 1927 yil 22 iyul aynan o'sha erda klub tashkil topgan. Bugungi kunda binoning birinchi qavatida restoran, tepasida turar joy kvartiralari bor.


Rim shahri arxitekturasiga gap bo'lishi mumkin emas (Evrodagi g'alaba nishonlagan muxlislar bilan bunga amin bo'lamiz). SHaharning asosiy sportmajmuasi ham chakki emas

Rim — noyob qadimiy shahar. Uning arxitekturasiga turli davrlar va uslublar tasir ko'rsatgan (antikdan barokkogacha). Bu erda diqqatga sazovor joylar ko'p. Italiya termasining Evrodagi g'alabasini nishonlagan o'ng minglab odamlarning Rim ko'chalarida olgan suratlaridan foydalanib, vaziyatga boshqa rakursdan qaradik va bazi xotiralar bilan bo'lishishga qaror qildik.



Eng asosiy diqqatga sazovor mashhur, Rim tarixining uzoq asrlik ramzi — Kolizey. U eramizning birinchi asrida amfiteatr ko'rinishida barpo etilgan bo'lib, antik davrning eng chiroyli va eng katta arenasi hisoblanadi. Qachonlardir u erda gladiatorlar janglari ham bo'lib o'tgan.



Neptun favvorasi Navona maydonining shimoliy qismida joylashgan. U 1570 yili aholini suv bilan taminlash uchun qadimgi Rim akveduki (suv kanali)ni qayta tamirlash yo'li orqali paydo bo'lgan. O'shanda aholi zich joylashgan edi. Favvoralar esa ularni suv bilan taminlashning asosiy manbai bo'lgan.

Vittoriano — ulkan arxitektura kompleksi bo'lib, u qirol Viktor Emmanuil IIga bag'ishlangan. Inshoot juda ko'p mayda ustunlar, bo'rtma naqshlar, haykalchalar bilan bezatilgan.

Alohida etiborga loyiq joy "Italiya forumi" sport kompleksi. Uning tarkibiga "Roma" va "Lacio" o'ynaydigan "Olimpiko" stadioni ham kiradi. Futbol stadionidan tashqari, maydonda tennis korti, suv va engil atletiklarning marmar stadionlari bor. Kompleks maydoni marmar haykallari va antik uslubdagi mozaikalar bilan bezatilgan. Masalan, Marmar arenasini 60ta sportchining haykali o'rab turadi. Majmua Benito Mussolini tashabbusi bilan 1940 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarini Italiyada o'tkazish maqsadida qurilgan.



Qaynoq Rim derbisi

"Roma" va "Lacio" o'rtasidagi dushmanlik 1929 yili boshlangan. "Lacio" paydo bo'lganiga 20 yil bo'lgan, "Roma" esa endi-endi shakllanayotgandi.

Rimda bir nechta klublar bo'lgan, biroq ular Italiya shimolidagi grandlarga yutqazib qo'yishardi. Bu esa Mussolinini qoniqtirmasdi. SHu sababli, chempionlik uchun kurasha oladigan kuchli jamoa tuzishni istagan. Buning uchun Rimning barcha klubini birlashtirishga qaror qilgan. Natijada "Romana", "Alba" va "Fortitudo" jamoalaridan "Roma" klubi tashkil topdi. "Lacio" esa klub generali va vice-prezidenti Jorjjo Vakkaro tufayli mustaqil bo'ldi.

Rim derbisi shafqatsiz va tajovuzkor uchrashuvlardan biri hisoblanadi. Stadionda bir necha bor irqchilik va neonacist mazmunidagi bannerlar o'rnatilgan. Bahslar vaqtida esa bir necha bor tartibsizliklar sodir bo'lgan, hattoki, bazida o'lim holatlari ham kuzatilgan. 1979 yili "Lacio" muxlisi Vinchenco Paparelli "Roma" muxlisi otgan signal raketa (pirotexnika vositasi) tufayli ko'zi jarohatlangan va vafot etgan.



Lekin bazida klublar o'rtasidagi adovat ikkinchi darajali bo'lib qolardi. 2007 yili butun Italiya bo'ylab noroziliklar sodir bo'lganda, policiya xodimi "Lacio" fanati Gabriele Sandrini o'ldirib qo'ygan. Rim derbisidan avval Franchesko Totti vafot etgan muxlisning xotirasini yod oldi. Uning bu ishini butun "Lacio" muxlislari olqishlagandi. 


Agar "doimiy joylardan" charchagan bo'lsangiz, Testachcho yoki Trasteverega xush keribsiz (Totti shu erda faoliyatini boshlagan)

Rimda turistlar etiborini tortadigan nuqtalar etarlicha. Ko'pchilik Kolizey, Vatikan va yoki bukletlardagi boshqa lokaciyalarga oshiqadi. Biroq sayohatni butkul o'zgacha o'tkazish mumkin. Bevosita futbol haqida gapiradigan bo'lsak, Rimning shimoliy tumanlarida asosan "Lacio"ni qo'llab-quvvatlashadi. SHaharning kattagina qismi "Roma" tomonida, ayniqsa Testachcho ishchi tumani.

Testachchoda nafaqat "Roma"ga muxlislik shukuhi bor, balki yana bir nechta lokaciyalar mavjud — zaytun moyini tashish uchun ishlatiladigan amfora parchasidan barpo etilgan suniy tepalik; misr uslubidagi piramida; turistlar deyarli uchratmaydigan bozor va zamonaviy sanat muzeyi. 

SHuningdek, Trastevere tumaniga ham "mehmonga kirish" mumkin — bu Rimdagi boshqalarga butkul o'xshamaydigan, o'zgacha manzarali va turistlardan holi hudud. Bu erda, ayniqsa, o'rta asrlarni eslatuvchi tor ko'chali mahallalar, tarixiy cherkovlar, boshqa hech qaerda topilmaydigan uslubdagi uylarni ko'rish mumkin. Trastevere restoranlarida narx-navo markazdagidan sezilarli arzon. SHuningdek, buyum bozori va tomosha uchun mo'ljallangan keng maydoni mavjud.

Tumanda Italiyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi "Trastevere" klubi bor. Takidlash lozim, aynan shu erda afsonaviy Totti ilk qadamlarini tashlagan. U 1984 yil bu erga ko'rikka kelgan va bolakay qolganlardan ikki yosh kichik bo'lsa ham, uni jamoada olib qolishadi. "U chinakamiga kichkina, ozg'in, boshi egik va xavfsirab harakat qiladigan bolakay edi", — degan edi "Trastevere" direktori Santino Fortino.



"Lacio" va "Roma" futbolchilari maslahatiga ko'ra, restoran tanlaymiz!

Maydondagi dushmanlikka qaramay, "Lacio" va "Roma" futbolchilarining umumiy tomoni ham bor. Ular zo'r restoranlarda shirin taomlar tanavvul qilishni xush ko'radi.

Bu ro'yxatda etakchi — shundoqqina Kolizey ko'rinib turadigan "Aroma". U "Palacco Manfredi" mehmonxonasining yuqori qismida joylashgan. Kechki vaqtda bu erda "dress-kod"ga amal qilishni so'rashadi. Kechki ovqat uchun tashrif buyurmoqchi bo'lgan erkaklardan shim va ko'ylak kiyish talab qilinadi. SHortik-mayka va sandallar taqiqlanadi. Narxlar — o'rtachadan balandroq.

Restoranning o'ziga xos jihatlaridan yana biri u erga ham "Roma", ham "Lacio" futbolchilari tashrif buyurishni birdek xush ko'radi. Bu erda esa "Roma" sharafini himoya qilgan Alisson ertalabki mashg'ulotdan avval qahva ichish uchun kirgan:



"Aroma"ning mashhur bosh-oshpazi Juzeppe Di Iorio "Lacio"ga muxlislik qiladi, chog'i. O'tgan yili u 50 yoshni qarshi olganda, yubileyga ikki futbolchi — Bashtush (hozir "Rostov" sharafini himoya qilmoqda) va Lukas Leyvani taklif qilgan. "Roma" futbolchilari bayram kechasida ko'rinmagan.

Boshqa vaqt "Roma" va "Lacio" futbolchilari turli joylarda vaqt o'tkazishadi. Balki bunga har ikki klub qarorgohlari shaharning turli burchaklarida joylashgani sababdir. "Roma" futbolchilari "La Locanda Casal Palocco" restoranini xush ko'rishadi. Jeko piccani yoqtiradi. Diavara, Spinaccola, Pellegrini va Manchini asosan tovuq go'shti, losos (baliq turi) va salatni sevib tanovvul qilishadi. Yana "Roma" futbolchilari — "La Querida" (shinam go'sha va mazali go'sht) va "I Carnivori" steyk-xausida ko'p ko'rinish berishadi.

"Lacio" vakillari soddaroq "Met Concept"ni, shahar manzarasi chiroyli ko'rinadigan "Le Due Lune" restoranini, klub bazasidan uncha uzoq bo'lmagan yapon oshxonasi "Nojo" restoranini va "Coco Loco" kafesini xush ko'radilar.


Eslatib o'tamiz, bugun 22:00dan "Roma" uyda "Torino"ni qabul qiladi, tungi 00:45dan esa "Lacio" mehmonda "Napoli" bilan bellashadi. Bizdan uzoqlashmang!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика