Riberi nazorat uchrashuvida 11 daqiqada xet-trik qayd etdi

10 yanv 2018, 00:21
“Bavariya” futbolchilari qishki yig'in doirasida Germaniya uchinchi divizioni vakili “Zonnenxof Grossashpax” klubi bilan kuch sinashdi.

“Alyanc-Arena”da kechgan bahsda Yupp Xaynkes shogirdlari 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi. “Bavariya” safida Frank Riberi xet-trik qayd etdi. 34 yoshli fransiyalik futbolchi ikkinchi bo'limda 11-daqiqa mobaynida raqib posbonini uch bor ranjitdi.


Nazorat uchrashuvi

Bavariya - Zonnenxof Grossashpax - 5:3 (1:1)

Gollar: Koman, 33 (1:0); Zane, 41 (1:1, penaltidan); Myuller, 50 (2:1); Shom, 56 (2:2); Riberi, 59 (3:2); Rodriges, 61 (3:3); Riberi, 63 (4:3); Riberi, 70 (5:3).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia