Riberi - "Fiorentina"dan ketishi haqida: "Ko'proq hurmat qilishlarini kutgandim"
11 iyu 2021 10:53
Yangiliklar
Riberi - "Fiorentina"dan ketishi haqida: "Ko'proq hurmat qilishlarini kutgandim"
"Fiorentina" muxlislari bilan ajoyib ikki yilni o'tkazdim. Qiyinchiliklarga qaramasdan bu erda ko'plab muxlislarni uchratdim.
Afsus. "Fiorentina"da yana bir yil qolgan bo'lardim, ammo taqdir shunday ekan. Klub ixtiyorida bo'lgan paytlarim bor kuchim bilan harakat qildim.
Florenciyada qolishni istardim, lekin holat oddiy emas. Klubni biror marta tanqid qilmadim, chunki klubdan faqatgina yaxshi taassurotlar qolmoqda. A Seriyada qolishni xohlayman, ammo hech nima aniq emas.
"Fiorentina" - muhim jamoa. Bu erga A Seriya uchun kurashishga kelmadim. Bu klub yana mashhurlik cho'qqisiga chiqa oladi. CHunki muxlislari bunga loyiq.
Menga oson bo'lmayapti. Jamoaning har bir o'yinida borimni berganman. O'tgan 3-4 hafta davomida hech kim bilan gaplashmadim. Lekin bundan-da ko'proq hurmatga loyiq edim. Biroq bu hayot", - dedi Riberi.
Fikrlar