"Reynjers" va "Seltik" SHotlandiya Kubogi yarim finalida to'qnash keladi
07 mar 2016 11:41
Yangiliklar


"Reynjers" va "Seltik" SHotlandiya Kubogi yarim finalida to'qnash keladi
SHotlandiyada mamlakat Kubogi yarim finali uchun qura tashlandi.
Finalga chiqish uchun SHotlandiya futboli grandlari "Reynjers" va "Seltik" kurashadi, ikkinchi yo'llanma "Xaybernian" va "Inverness" juftligi g'olibiga nasib etadi. O'yinlar 16 va 17 aprel kuni bo'lib o'tadi.
2012 yilda "Glazgo Reynjers" moliyaviy muammolar tufayli Premer-ligadan chiqarib yuborilgan edi. Jamoa mamlakatning to'rtinchi darajali ligasiga tushirib yuborilgan edi. 2014/15 mavsum natijalariga ko'ra, "Reynjers" Premer-ligaga chiqish uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi, ammo so'nggi bosqichda ular "Mazervell"ga mag'lub bo'lishdi.

Fikrlar