So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Retro - 3. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. "Lokomotiv" - "Xorazm" 5:1 Yangiliklar

Retro - 3. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. "Lokomotiv" - "Xorazm" 5:1

2002 yil Toshkentda yana bir jamoa paydo bo'ldi. Unga "Lokomotiv" deb nom berdilar.

O'sha kezlari Ravshan Usmonxo'jaev, Ravshan Muqimov va To'ra SHoymardonov tomonidan boshqariladigan klub hech nimaga davo qilmasdi. Bu paytda chempionatning o'z egalari bo'lib, bular "Paxtakor" va "Neftchi" edi. "Nasaf" ham endi oyoqqa turayotgan paytlar. "Qizilqum" va "Mashal" jamoalari bu yil uchlikka kirishga harakat qilardi. 

"Uchga uch" va "totalizator" degan futbol dushmanlari yo'q paytlar edi. 2006 yilgi mavsumda "Lokomotiv" to'qqizinchi o'rinni qo'lga kiritadi. "Xorazm" esa 16-o'rinni egallagan holda oliy ligani yana birinchisiga almashtiradi.



Birinchi qatorda turgan Sarvar Ibodullaev ikki yil o'tib faoliyatini "Lokomotiv" safida o'tkazgan edi.



"Lokomotiv" sardori Saidkomil Akbarov. Hozirda "Olmaliq" sharafini himoya qilyapti. Ko'p yillar davomida "Metallurg" safida harakat qilgan. "Xorazm"da esa Sarvar Ibodullaev. 

"Retro"ga aynan shu o'yinni tanlaganimning sababi aynan Ibodullaev bo'ldi. 2005 yil birinchi liga to'purari bo'lgan xorazmlik futbolchi 1977 yilda tavallud topgan. 2004 yil 27 yoshida "Xorazm" jamoasida to'p tepadigan do'stini mashg'ulotga tashlab qo'ygan kun uning hayotini o'zgartirib yubordi. Ikkiga bo'linib o'ynayotgan "Xorazm" tarkibining biriga o'yinchi etishmayotgandi. SHunda murabbiy Sarvarga qo'shilib o'ynashni taklif etadi. SHu kungacha faqat ishdan tashqari mahallada to'p tepib yurgan Ibodullaev o'yinning o'zidayoq bir nechta gol uradi va uni jamoaga taklif qiladilar. 2005 yil esa birinchi liga to'purari bo'lgan hujumchi bir yil o'tib jamoasini oliy ligada sardor sifatida maydonga olib tusha boshlaydi. 


"LOKOMOTIV" - "XORAZM" 5:1 (2:1)

29.08.2006. 22-tur. "Jar" stadioni . 1200 tomoshabin. 

Bosh hakam: Rafael Ilyosov - 7,4

Gollar: O'lmas Ikromov (8), Marsel Idiatullin (25, 48), Aziz Haydarov (68), Ravshan Bozorov (80) - Sarvar Ibodullaev (11).

"LOKOMOTIV": Artur Parvanov, O'lmas Ikromov (Marat Dilmuhamedov, 46), Saidkomil Akbarov, Rustam Yoraliev, Timur Yafarov, Sahob Jo'raev, Obinna Okafor (Andrey Povalyaev, 46), G'ulom Xalimtoev, Aziz Haydarov, Marsel Idiatullin (Oybek Usmanxo'jaev, 60), Rovshan Bozorov.

"XORAZM": Mansur Qurbonov, Maqsud Karimov, Sanjar Vaisov, Ahmad Ergashev, Hamrobek Boltaev (Dilmurod Xaqberdiev, 52), SHavkat Kazakbaev (SHerzod Salaev, 59), Aleksandr Nikitkov, G'ayrat SHixov, Anvar Rahimov, Sarvar Ibodullaev, Ro'zmet Ro'zmetov.

Ogohlantirish: Sanjar Vaisov (57).



Afsuski, "Xorazm" klubi tarixidagi eng omadsiz mavsum 2006 yil bo'ldi. Jamoa o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatlarga birin-ketin "erisha" boshladi.

Birinchi davrada ikkita o'yin "Neftchi" (6:0), "Qizilqum" (5:3). Ikkinchi davrada esa jamoa moliyaviy qiyinchilikning markaziga tushdi. Ketma-ket ikki turda o'z darvozasidan 9tadan gol o'tkazdi. Safarda "Nasaf"ga 3:9 hisobida imkoniyat boy berilgach, Xorazmda "Paxtakor" 9:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Keyingi turda "Andijon" 7:1 hisobda ustun keldi. Ko'p o'tmay "Neftchi" 8:2 hisobda zafar quchdi. "Navbahor" esa hammasida oshirib yubordi. 28-turda namanganlik muxlislar "Xorazm" darvozasiga kiritilgan 10ta javobsiz to'pga guvoh bo'ldilar. 

SHunday jamoada o'ynashiga qaramay, Ibodullaev mavsum davomida 9ta gol urdi. "Neftchi" darvozasiga dubl qilishga erishdi. "Xorazm" esa bironta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Uchta o'yinda durang o'ynab, uch ochkoni qo'lga kiritdi. 21ta gol urib, 127ta o'tkazdi. SHu yili "So'g'diyona" ham oliy ligani tark etdi. Ularning ochkolari 24tani tashkil etgandi. Agar so'nggi turda "Metallurg" o'z maydonida "Andijon"ga, "Neftchi" esa "So'g'diyona"ga engilganida jizzaxliklar oliy ligada qolgan bo'lardilar. "Lokomotiv" esa 38 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni band etdi. 

Yosh avlod bilmasa kerak, Aziz Haydarov va Sahob Jo'raev oliy ligadagi faoliyatni aynan "Lokomotiv" safida boshlagan edilar. Jo'raev 17 yoshida 2005 yil "Loko" safida debyut qilgan. Haydarov esa 2006 yil 21 yoshda bo'lgan. Unga qadar u ikkinchi liga vakili bo'lgan "Stroitel" jamoasida to'p tepgan edi. Ikki futbolchi bir vaqtning o'zida 2007 yilning ikkinchi davrasida "Quruvchi" ("Bunyodkor") safiga borib qo'shiladilar. Yodimda, jamoa "Jar"da kechgan uchrashuvda "Mashal"ni mag'lubiyatga uchrata olmaydi. O'yin tugagach, "VIP"da o'tirgan rahbarlardan biri Aziz Haydarovga qarata, "bittang ham o'ynashni bilmaysanlar", - deb dakki beradi. SHunda Aziz bo'sh kelmay, "jamoaga pul bermay baqirishdan boshqasini bilmaysizlar, undan ko'ra moliyaviy holatni to'g'irlab qo'yinglar", - deya echinish xonasiga kirib ketadi. Haqiqatdan ham o'sha yillari "Lokomotiv"ning ahvoli ancha tang edi. Bu erda "Quruvchi" o'z tarkibini jangovor holatga keltirish bilan band. Ko'p o'tmay mana shu "o'ynashni bilmaydigan" Aziz Haydarov "Bunyodkor" safida O'zbekiston chempioni bo'ldi va "Al SHabab" safiga borib qo'shildi. Osiyo Kubogida esa terma jamoamiz joniga oro kirdi.




O'sha davrda "Xorazm" jamoasining moliyaviy holatini mana shu butsadan ham bilib olsangiz bo'ladi.




Rovshan Muqimov "Lokomotiv"ni barcha davrlarida faoliyat olib borgan mutaxassis. Aynan u kishi Odil Ahmedovni jamoada olib qolish kerakligini aytganida rahbariyat va murabbiylar shtabi "KERAK EMAS", degan.




Siz o'ylaysiz avvallari stadionlarga qiyinchiliksiz kirardikmi? Men ham o'sha o'yinda shu yosh bola kabi stadionga kirgan edim.




Marsel Idiatulin "Lokomotiv" tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri bo'lgan. Hozirda u "Lokomotiv" jamoasining ikkinchi ligadagi jamoasiga bosh murabbiylik qilyapti.


Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика